Ueyn Runi "Sent-Eten"ga qarshi o'ynamaydi

Tolibjon Qosimov
22 fev 2017, 11:33
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa ligasi 1/16 final javob uchrashuvi doirasida "Sent-Eten"ga qarshi o'yinga 20 nafar futbolchini olib ketdi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Bugun ochiq mashg'ulotda ishtirok etganiga qaramay, jamoa sardori Ueyn Runi Manchestyerda qoldi va Fransiyadagi bahsda MYUga yordam bera olmaydi.

MYUning Fransiyaga yo'l olgan tarkibi:

Darvozabonlar: De Xea, O’Xara, Romero.

Himoyachilar: Bayi, Blind, Fosu-Mensa, Roxo, Smolling, Valensiya, Yang.

Yarim himoyachilar: Kerrik, Fellaini, Mata, Mxitaryan, Pogba, Lingard, Shvaynshtayger.

Hujumchilar: Ibragimovich, Marsyal, Reshford.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com