So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

Ueyn Runi Pogba va Lingard bilan sodir bo'lgan qiziq voqealarni so'zlab berdi Yangiliklar

Ueyn Runi Pogba va Lingard bilan sodir bo'lgan qiziq voqealarni so'zlab berdi

Angliyalik sobiq futbolchi Runi Pogba va Lingard xususida so'z ochdi.

Runi Evro-2020'dagi Pogba haqida: 

"Pogba Franciyaning hamma o'yinida "Manchester Yunayted"dagidan ko'ra pastroq darajada o'ynadi va bu u maydonning malum qismlarida to'pni olib qo'yishi va bo'sh joy topib, uzatmani amalga oshirishini anglatardi.

Jamoalar Franciyaga qarshi o'yinda himoyaga yotib olishdi, chunki ular Mbappening tezligidan qo'rqqan edilar, Mbappening himoyachilar ortida yugurishi Polga pas berishda qo'l keldi.

"Manchester Yunayted"dagi Kavani umuman boshqa tipdagi "to'qqizinchi" sanaladi, ammo Markus Reshford o'yinini kuchaytirib, Mbappe uslubida yugursa, bu Pol foydasiga bo'lishini guvohi bo'lamiz.

Pol Pogbaning Karim Benzema va Kilian Mbappe tomon oshirgan bir nechta uzatmalari qoyilmaqom chiqdi. Albatta, Pogbaning yarim himoyadagi sherigi N'Golo Kante unga yordam berdi. Biroq o'ylashimcha, Pol yaxshi o'ynaganiga sabab uning poziciyasi to'g'ri tanlanganida.

Runi Pogba va Lingardning ayovsiz tanqidga uchragani haqida:

"Pogba "Manchester Yunayted"ga qaytganida biz to'liq bir mavsumni birga o'tkazdik. U yutishni xohlardi, kuchli shaxsiyat edi. Siz uning soch turmagi va raqsi tomon bildirilayotgan tanqidlarga etibor bermasligingiz lozim. Buni uning ish faoliyatiga umuman aloqasi yo'q. Siz Polning qanday o'yinchi ekanligiga etibor bering.     

Jessi Lingard bilan bog'liq holat ham xuddi shunday. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari jiddiy tanqidga uchraydi, ammo siz ular boshqa avlod kishilari ekanligini, ular uchun ijtimoiy tarmoqlar muhimligini inobatga olishingiz zarur. 

Pol bilan bir jamoada o'ynagan futbolchi sifatida uning mashg'ulotlarda qilgan mehnatini ko'rganman. Uning o'z ustida shu tartibda ishlashi o'zgarmas ekan, maydon tashqarisida nima qilayotgani ahamiyatsiz. 

Mag'lubiyatdan bir kun o'tib, juda tushkun kayfiyatda Makl Kerrik bilan kiyinish xonasiga kirsak, Jessi va Pol qo'shiq qo'yib, raqsga tushishyapti. Men musiqani o'chirdimda kolonkani kiyinish xonasidan olib chiqib tashladim, chunki o'shanda tushkun kayfiyatda edim. Ular buni to'g'ri qabul qilishdi, chunki yoshim katta edi. Ammo hozir ortga nazar solsam, ular yomon ish qilmaganini va hech kimga ozor bermaganliklarini tushunyapman. SHunchaki bu mening eski maktabdan olgan sabog'im, mentalitetim". 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика