Uels - Ispaniya uchrashuvi bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
11 okt 2018 19:58
Yangiliklar
Uels - Ispaniya uchrashuvi bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Ispaniya va Uels o'rtasidagi Kardiffda o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvi Mayorka orolidagi suv toshqinlarida halok bo'lganlar xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
Seshanba kuni tunda Mayorkada juda kuchli yomg'ir yog'di. Tinimsiz yoqqan yomg'ir suv toshqinlariga sabab bo'ldi, buning oqibatida 10 nafar inson vafot etdi. Ularning uch nafari xorijlik edi.
Eslatib o'tamiz, Uels - Ispaniya uchrashuvi bugun, 11 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. 

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar