Ueyn Runi jahon chempionatiga borishdan avval ruhshunos qabulida bo'ladi
23 may 2014 23:00
Yangiliklar
Ueyn Runi jahon chempionatiga borishdan avval ruhshunos qabulida bo'ladi
Ueyn Runi o'z o'yinini yaxshilash maqsadida, Braziliyada bo'lib o'tadigan 2014 yilgi jahon chempionati bahslari arafasida ruhshunos (psixolog) xizmatidan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Futbolchi sakkiz uchrashuvdan beri davom etayotgan o'zining golsiz seriyasiga barham berish niyatida. Futbolchi Portugaliyada tashkil etiladigan mashg'ulotlarni yakunlaganidan so'ng, milliy terma jamoa ruhshunosi qabuliga boradi.
Men ruhshunos bilan gaplashib ko'rmoqchiman, ko'ramiz, bundan qanday naf chiqarkan. Avvallari hech qachon bunday ishga qo'l urmaganman, lekin bundan zarar ko'rmasligim aniq. Men yana avvalgi saviyamda o'yin ko'rsata olishimni isbotlashni xohlayman. 2018 yilga borib yoshim kattalashib qoladi, shuning uchun bu men uchun so'nggi eng katta musobaqadir, – dedi Runi.
SHuningdek, futbolchi Braziliyada bo'lib o'tadigan musobaqaga o'z jismoniy holatini ancha yaxshilab olgan holda borishga ishonch bildirdi.
Futbol bo'yicha jahon chempionati bahslari 12 iyundan 13 iyulga qadar davom etadi. Angliya terma jamoasi musobaqaning D guruhida Urugvay, Kosta-Rika va Italiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar