Ueyn Runi: Uch ochko mening gollarimdan muhimroq
01 mar 2015 01:05
Yangiliklar


Ueyn Runi: Uch ochko mening gollarimdan muhimroq
Manchester Yunayted hujumchisi Ueyn Runi Sanderlendga (2:0) qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Gol urganimdan juda xursandman, ammo qo'lga kiritilgan uch ochko gollarimdan muhimroq. O'yin oson bo'lmasligini bilardik. O'ylashimcha, haqli ravishda g'alaba qozondik. Raqib yaxshi himoyalandi. Lekin biz ham yomon o'ynamadik. Menimcha, hozirda juda ko'plab jamoalar juda yaxshi formada. Top klublar va boshqa jamoalar o'rtasidagi tafovut katta emas. Umid qilamanki, mavsumni o'zimizga yaxshiroq bo'lgan pog'onada yakunlaymiz.

Fikrlar