UEFA va FIFA Evropa Superligasini bloklay olmaydi - sud qarori
01 fev 2023 19:13
Yangiliklar
UEFA va FIFA Evropa Superligasini bloklay olmaydi - sud qarori
A22, yani ajralib chiqish ligasi tarafdorlari FIFA va UEFAga qarshi yuborilgan apellyaciyani yutib oldi. Cud qaroriga ko'ra, Evropa va butun jahon futboli boshqaruv tashkilotlari ESLni bloklay olmaydi. Bu tashkilotlar yangi liga tarafdorlarini uni shakllantirishga urinish tufayli jazoga tortmoqchi edi.
Qarorga oib rasmiy sud hujjatlari "CBS Sports" telekanalida oshkor qilindi.
"UEFA va FIFA ekotizimidan tashqarida, ularning aralashuvidan xoli, ular bilan raqobatlasha oladigan mustaqil professional futbol musobaqasini yaratish mumkin", – deyiladi bayonotda.
ESL tashkilotchilari yangi musobaqani shakllantirish jarayonini 2024 yilgacha amalga oshirmoqchi. Hozircha yangi musobaqaning asosiy tarafdorlari "Real", "Barselona" va "Yuventus" ushbu rejani amalga oshirish uchun harakatga kirishadi. Keyinroq ushbu "ulkan trio" safiga qitaning boshqa nomdor jamoalari qo'shilishi mumkin.
Fikrlar