

Bu xabar UEFA rasmiy saytida e'lon qilindi. "Rossonerilar"ning musobaqadan chetlashtirilishi, "Torino" Yevropa ligasining saralash bosqichida qatnashishi uchun zamin hozirladi. Moliyaviy feyr-pleyni buzgan milanliklar endi o'z o'rnini turinliklarga bo'shatib berishga majbur bo'lmoqda.
Yevropa ligasi 2019/2020 mavsumining ikkinchi saralash bosqichida "Torino" klubi "Debrecen" (Vengriya) - "Kukesi" (Albaniya) juftligi g'olibi bilan uchrashadi.



