So’nggi yangiliklar

20:15Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  10 20:04Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  6 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 19:05Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон – Тожикистон (онлайн ҳисоб)  0 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   18 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  13 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  3 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  3 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  6

"Atletiko" "Real"ni mag'lub etdi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi Yangiliklar

"Atletiko" "Real"ni mag'lub etdi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi

Teglar :  RealAtletiko
Hozirgina UEFA superkubogi doirasida "Real" - "Atletiko" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

YANGILASH

O'YIN YAKUNLANDI. "ATLETIKO" "REAL"NI MAG'LUB ETDI. CHIROYLI O'YIN UCHUN IKKI TOMONGA HAM MINNATDORLIK BILDIRAMIZ.

120. "Real"da burchak zarbasi. 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi. Yana, yana burchak zarbasi.

119. "Real"ning hujumlarida mantiq yo'q. Bu esa jamoa taslim bo'lganligidan dalolat. Hech qisi yo'q. "Real" kabi jamoaga bir marta finalni boy bersa, hech nima qilmaydi.

117. Masala halga o'xshaydi. "Real" 18 yildan keyin evrokuboklar finalida mag'lub bo'ladi. Albatta, bir kun kelib, barcha seriyalar tugaydi. Lopetegining ilk rasmiy uchrashuvi juda omadsiz o'tmoqda. Oldinda 2 daqiqa vaqt bor. Kutamiz.

116. "Real"ning hujumi Mayoral raqibga qarshi fol ishlatgunga qadar davom etdi.

114. ZARBAAAAA!!! Modrichning zarbasi anchagina xavfli bo'ldi. Biroq posbon o'z o'rnida.

113. Serxio Ramos ogohlantirildi.

111. Vitolo "Real" himoyasining ustidan kulib tashladi. U Varandan olib qo'yilgan to'pni qabul qilib oldi. Ramosni bir emas, ikki marta "xot dog"ga jo'natdi. Uning harakatlariga "Real"ning barcha himoyachilari aldandi. Vitoloning zarbasi esa juda sust bo'ldi.

109. O'zgarish. Diego Kosta o'rniga Xose Mariya Ximenes tushdi.

Yo'q, "Real" Ronaldusiz, Zidansiz o'zidek emas. Bu ko'rinmoqda. Yigitlarda g'alabaga tashnalik ko'rinmayapti.

107. Vitolo agar to'pni yaxshiroq to'xtata olganida gol urishi mumkin edi.

Ikkinchi qo'shimcha bo'lim boshlab yuborildi.

105. Bu orada bizga Vitolo ogohlantirilganligi yodga solindi.

105. Taym yakunlanish arafasida "Real"da imkoniyat bo'ldi. Biroq to'p oldirib qo'yildi. "Atletiko" qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Ammo Partey yugurib ketayotgan joyida yiqilib tushgani tufayli hujum to'xtadi va birinchi ekstra taymga yakun yasaldi.

Qanotdan oshirilgan to'pni Koke sekingina darvozaga joylab qo'ydi. 2:4!


104. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! KOKEEEEEEEEEEEEE!!!! 2:4!!!

102. O'zgarish. Kroos o'rniga Mayoral.

100. Modrich ogohlantirildi.

98. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! SAUL!!! Saul qanotdan Partey oshirgan to'pni erga tushirmasdan davrzaga kirgizib yubordi.

95. Dani Karvaxalning zarbasi kuchli va aniq bo'ldi, biroq to'p darvozabonning qo'liga borib tushdi.

94. Hozircha "Real" ko'proq hujum qilishga urinmoqda. Jamoada ustunlik bor.

90. Qo'shimcha bo'limni ham eson-omon boshlab oldik. Hali barchasi oldinda. Uxlab qolmang yana... 90ga chidagan 30ga ham chidashi kerak.

UCHRASHUVNING ASOSIY VAQTI YAKUNLANDI. SIZLAR BILAN QO'SHIMCHA BO'LIMLARNI TOMOSHA QILAMIZ.

90+1. Dani Sebalos ogohlantirildi.

90. O'zgarish. Lemar o'rniga Tomas Partey tushdi.

88. Ikki jamoa ham qo'shimcha bo'limlarga rozi ko'rinadi.

83. O'zgarish. Isko o'rniga Vaskes.

82. Diego Kosta sariq kartochkasi bo'lishiga qaramay, barcha hakamlar bilan tortishmoqda.

Uzoq vaqt davom etgan hujumni Kosta gol bilan yakunladi.


79. GOOOOOOOOOLLLLLL!!!! KOSTAAAAAA!!! DUBL!!!!

76. Kazemiro jarohat olgan ko'rinadi. SHifokorlar maydonga tushishdi. Uning o'rniga Dani Sebalos maydonga tushdi.

74. Korreyaning zarbasini Navas ushlab oldi.

72. "Atletiko"da o'zgarish. Rodrigo o'rniga Vitolo tushirildi.

71. Burchakdan o'yinga kiritilgan to'pdan keyin Varan zarba berdi. To'pni himoyachi qaytardi.

67. Benzemaning zarbasini Oblak ushlab oldi.

65. Ramos-Kosta dueli davom etmoqda. Ular o'rtasidagi raqobat jangga aylandi. Kosta yiqilish arafasida Ramosning boshiga tepib ketdi.

Ramos penaltidan unumli foydalandi.

63. GOOOOOOOOOOLLLL!!! RAMOSSSSSSSS!!! 2:1!!!!

Kroosning burchakdan uzatgan to'pi Xuanfranning qo'liga tegdi.

62. PENALTIIIIII!!!! "REAL" FOYDASIGAAAA!!!

61. Anxel Korreya ogohlantirildi.

57. "Real"da o'zgarish. Asensio o'rniga Modrich. "Atletiko"da ham o'zgarish: Grizmann o'rniga Korreya.

56. "Atletiko"da yaxshi imkoniyat. Jarima zarbasi.

54. Marselo ogohlantirildi.

53. Diego Kosta hujumga o'tdi, raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Biroq u Dani Karvaxaldan "engildi".

51. "Atletiko" raqib posti oldida kichik bosim uyushtirdi. Ammo bundan "Real" futbolchilari chiqib keta oldi.

49. Grizmann bir necha futbolchini aldab o'tib, zarba berdi. Ammo to'p Kazemirodan o'tmadi.

48. Hozircha etiborni tortadigan vaziyatlar bo'lmadi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

43. Taym yakuni arafasida "Atletiko"da burchak zarbasi

40. Beyl uzoq masofadan zarba berdi. Biroq noaniq.

39. Biroq "Atletiko" ushbu standartdan unumli foydalana olmadi.

38. Asensioning xatosini Kazemiro tuzatdi. Burchak zarbasi

36. Marko Asensio Diego Kostani yiqitgani uchun ogohlantirildi.

34. "Real" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Isko Beyldan ajoyib pasni qabul qilib oldi. Biroq zarba berishga shoshilmadi. Keyinchalik Marseloning zarbasi "Blok"dan o'tmadi.

30. "Real" o'yinda katta ustunlik qilmoqda.

29. ZARBAAAAAAAAA!!! ASENSIOOOOO!!! Xavfli zarba!!

Beyl o'ng qanotdan havolatib to'pni oshirib berdi. Jarima maydonchasi ichida hammadan baland sakragan Benzema boshi bilan zarba berdi va gol urdi, 1:1!

27. GOOOOOOOLLLLLL!!! BENZEMAAAAAAAA!!!!

26. "Real" uzoq vaqt davomida hujum uyushtirdi. So'nggi zarbani Marselo berdi. Biroq anchagina noaniq.

23. O'yin asosan markazda kechmoqda.

19. Yana Kosta va yana Ramos. Bugun ularning jangi bo'lmoqda.

17. Hisob tenglashishi mumkin edi. CHap qanotdan Marselo to'pni markazga oshirib berdi. To'p rekoshet bo'lib, darvozaga yo'l olayotgandi. Biroq Oblak to'pni qaytardi.

16. "Atletiko" ham jarima zarbasiga ega bo'ldi. Ammo Lemarning tepgan to'pi anchagina noaniq ko'rinish oldi.

14. "Real"da imkoniyat bo'ldi. CHap qanotda belgilangan jarima to'pini Toni Kroos o'yinga kiritdi. Biroq uzatilgan to'pni "Atletiko" himoyachilari qaytarib qoldi.

12. "Real" juda shoshilmoqda. Hujumlar ham pala partish.

10. Diego Simeone o'yinni yuqorida, tribunada tomosha qilmoqda. U diskvalifikaciya qilinganini barcha bilsa kerak.

8. Markazda Ramos Kostaga qarshi fol ishlatdi. Ehhh, Kosta, gol vaqtida havodagi kurashda Ramosni yutmaslik kerak edi.......

7. "Real" uzoq vaqt davomida pozicion hujum uyushtirdi. Ammo raqib jarima maydonchasi yaqinida Garet Beyl raqibiga qarshi fol ishlatdi.

Diego Kosta uzoq masofaga uzatilgan to'pni boshi bilan o'tkazib yubordi va o'zi ham Serxio Ramos hamda Rafael Varandan o'tib ketdi. Darvozaga yaqinlashgan Kosta darvozabon Keylor Navasning boshi tepasidan kuchli zarba berib, darvozani ishg'ol qildi. Golda darvozabonning ham aybi katta.

1. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!!! DAHSHATLI START!!!!!!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qoldi.

"Real" - "Atletiko" 2:4

Gol: Diego Kosta (1, 0:1), Karim Benzema (27, 1:1), Serxio Ramos (63-penaltidan, 2:1), Diego Kosta (79, 2:2), Saul (98, 2:3), Koke (104, 2:4).

"Real": Keylor Navas, Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Toni Kroos (Borxa Mayoral, 102), Karim Benzema, Garet Beyl, Marselo, Kazemiro (Dani Sebalos, 76), Marko Asensio (Luka Modrich, 57), Isko (Lukas Vaskes, 83).

"Atletiko": Yan Oblak, Diego Godin, Stefan Savich, Lukas Ernandes, Xuanfran, Rodrigo (Vitolo, 72), Koke, Toma Lemar (Tomas Partey, 90), Saul, Antuan Grizmann (Anxel Korreya, 57), Diego Kosta (Xose Mariya Ximenes, 109).

Ogohlantirish: Marko Asensio (36), Marselo (54), Anxel Korreya (61), Diego Kosta (62), Dani Sebalos (90), Luka Modrich (100), Vitolo (105), Serxio Ramos (113).

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика