So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

"Liverpul" - Evropa Superkubogi sohibi! Yangiliklar

"Liverpul" - Evropa Superkubogi sohibi!

UEFA Superkubogi doirasidagi bahs o'z yakuniga etdi.

"Liverpul" - "CHelsi" 2:2

Gol: Jiru (36, 0:1), Mane (48, 1:1), Mane (95, 2:1), Jorjino (101-pen, 2:2).

"Liverpul": Adrian, Gomes, Matip, Van Diyk, Robertson, Fabino, Milner (Viynaldum, 64), Xenderson, Oksleyd-CHemberleyn (Firmino, 46), Mane (Origi, 104), Saloh.

"CHelsi": Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen (Tomori, 85), Zuma, Emerson, Kovachich (Barkli, 102), Jorjino, Kante, Pedro, Jiru (Abraham, 74), Pulishich (Maunt, 74).

Ogohlantirish: Aspilikueta (79), Milner (85).

YANGILASH

O'yin tugadi! Klopp boshchiligidagi "Liverpul" yana bir sovrinni qo'lga kiritdi. "Liverpul" - Evropaning eng kuchli jamoasi ekanligini yana bir bor isbotladi! Ajoyib o'yin, ajoyib bahs uchun ikki jamoaga ham minnatdorlik bildiramiz!

Abraham - darvozabon - 5:4!

Saloh - gol - 5:4!

Emerson - gol - 4:4!

Aleksandr-Arnold - gol 4:3!

Maunt - gol - 3:3!

Origi - gol - 3:2!

Barkli - gol - 2:2!

Fabino - gol - 2:1!

Jorjino - gol - 1:1!

Firmino - gol - 1:0!

Demak, penaltilar seriyasi boshlandi!

120. O'yin tugadi. Penaltilar seriyasi ko'ramiz)))

118. Mauntning zarbasini Adrian qaytardi. Qaytgan to'pga Abraham ham zarba berib ko'rgandi. Biroq u offsaydda qolib ketgandi. Qizig'i shu erda ham bosh hakamning xushtagi kech chalindi.

113. ZARBAAAAAAAAA!! Abrahamning zarbasini Adrian qaytardi.

110. Tomonlar o'yin suratini tushirib yuborishdi. Albatta, 120 daqiqalik o'yinda bundan yuqorisini kutish qiyin.

To'rtinchi bo'limga start berildi. Jorghino maydonda. ))

Uchinchi bo'lim ham yakunlandi.

Birinchi ekstra taymga 2 daqiqa qo'shib berildi.

105. Uchinchi taym oxirida Abraham ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Deyarli yuz foizlik imkoniyat edi. Pedroning qanotdan uzatgan pasiga Temmi zarba berdi. Noaniq.

104. Origi maydonga tushdi. Mane esa o'yinni endi zaxira o'rindig'ida kuzatadi.

102. Kovachich o'rniga Barkli maydonga tushdi.

101. GOOOOOOOOOOOOOLLLL! Jorjino sovuqqonlik bilan penaltidan unumli foydalandi! 2:2!

99. PENALTIIIIIII!!! Adrian Abrahamni yiqitdi!!!

98. ZARBBAAAAAAA!! Abrahamning zarbasini Adrian qaytardi.

Umuman olganda bu oddiy hol bo'lib qoldi-yu, ammo tribunalarda O'zbekiston bayrog'i ko'rindi.

95. GOOOOOOOOOOOOLLLLL! Firminoning uzatgan pasiga Mane kuchli zarba berdi va hisobni o'zgartirdi, 2:1!

92. Gomesning zarbasini Kepa Arrisabalaga ushlab oldi.

90. Uchinchi bo'lim boshlandi!

Ushbu rasmda uchrashuvning eng yomon o'yinisi ham bor ))

90+2. Qo'shimcha bo'limlarni ko'ramiz. "Liverpul" yana bir vaziyatni yakunlay olmadi va ikkinchi bo'lim yakunlandi.

Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAAA!!! Burchakdan uzatilgan to'pga Zuma boshi bilan zarba berdi. So'nggi daqiqada "CHelsi" hisobni o'z tomoniga o'zgartirishi mumkin edi.

86. Mane deyarli birga bir holatda darvozani ishg'ol qila olmadi.

85. Raqibiga qarshi qo'pol o'ynagani uchun Milner ogohlantirildi.

84. "CHelsi" tarkibida o'zgarish. Kristensen o'rniga Tomori maydonga tushdi.

83. To'g'risi yana hakamlikni tanqid qilamiz. Ularning vaziyatga reakciyasi kech berilmoqda. Maunt gol kiritdi. Ammo yana bir bor aniqlangan offsayd uchun xushtak kech chalinmoqda.

SHu o'rinda qiziq malumot. Saloh-Mane-Firmino evrokuboklarda bir xil 16tadan gol kiritishdi.

81. Jarimadan berilgan zarba esa jonli devorga tegib, burchakka chiqib ketdi.

79. Hakamlik oqsamoqda. Frappar o'zini yo'qotib qo'ygan. Hushtak juda kech chalinmoqda. Aspilikueta raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka ishlab oldi.

75. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA!!! Salohning zarbasini darvozabon, Van Deykning ikkinchi zarbasini darvozabon, uchinchi zarbani esa Abraham qaytardi. Daxshatli vaziyat! "Liverpul" muxlislari bir sakragan bo'lsa ajabmas!
74. "CHelsi" bir yo'la ikki o'zgarishga qo'l urdi, Pulishich o'z o'rnini Mauntga bo'shatib bergan bo'lsa, Abraham Jiruning o'rniga maydonga tushdi.

72. Pulishich zarba berdi. Aniqlangan offsayd uchun xushtak yana kech chalindi.

68. Muxlislarning Angliyadagi qo'llab-quvvatlashi boshqacha ekan. Turkiyada muxlislar unchalik baqirishmayapti. SHu boisdan o'yinning katta qismi sokinlik ostida kechmoqda. O'yin ham shunga yarasha.

65. "CHelsi"dan ajoyib hujum. Qanotdan uzatilgan pasga Pulishich zarba berdi. Gomes to'pni qaytardi.

64. O'zgarish. Milner o'rniga Viynaldum maydonga tushdi.

61. Hakamlarga etiroz bor. Offsayd bo'lganida ular vaziyat yakunlanganidan keyin xushtak chalishyapti. Hozir ham Jiru ikkilangan holda zarba beraymi yoki deb turgunicha Van Deyk uning oldidan o'tib ketib qoldi. Bosh hakam xushtagini chalganidan keyin Jiru ham Van Deyk ham biroz ensasini qotirdi. Futbolchilar haq.

58. Huddiki "CHelsi"da faqatgina Kante o'ynayotgandek. Faqat va faqat u hozirda "Liverpul"ning hujumlarini to'xtatmoqda.

54. "Liverpul"ning o'yini ochilib ketdi. "CHelsi" "nafas olishi"ga ham vaqt yo'q. Saloh ajoyib pasi orqali Firminoni birga bir holatga chiqarib yuborishi mumkin edi.

51. XAVFLI VAZIYATTTTT!!! Emerson chap qanotdan "Liverpul" darvozasi tomon yorib kirdi va pas berdi. To'p Jiruga tegib maydonni tark etdi. "Liverpul" esa ularning ortidan tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Firminoning pasidan keyin Xenderson zarba berdi. To'p "CHelsi" futbolchisiga tekkan holda darvozaga kirib ketishi mumkin edi. Kepa to'pni egallab oldi.

50. FABINOOOOO!!! Uning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

48. GOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! MANEEEEEEEEE!!!! Firminoning birinchi zarbasini darvozabon qaytardi. Pala-partishlikdan keyin Mane bo'sh qolgan darvozaga to'pni kiritdi, 1:1.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida "Liverpul" tarkibida o'zgarish. Oksleyd-CHemberleyn o'rniga Roberto Firmino maydonga tushdi.

45. Taktik kurashlarga boy o'tgan, tomonlar huddi shaxmat o'ynagandek o'tgan birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha Evropa ligasi sovrindori g'alabaga erishmoqda.

43. Birinchi bo'limdagi asosiy hulosa: "CHelsi" o'yinni boshqarmoqda. "Aristaratlar" Lempard uchun ajoyib o'yin ko'rsatishmoqda.

39. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Pulishichchchchch!!! Yo'q, adashdik. Frappar golni hisoblamadi. Kristian offsaydda qolib ketgan ekan. U ajoyib tarzda to'pni egallab olib, bir necha raqiblarini dog'da qoldirib, to'pni darvozaning yaqin burchagiga joylab qo'ygandi. Hakamlar chiroyli golni hisoblashmadi.

36. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! Pulishichning superpasidan keyin "Liverpul"ning barcha himoyachilari ortda qolib ketdi. Jiru esa birga bir vaziyatdan unumli foydalandi.

33. XAVFLI VAZIYATTTT!!!! Pedroning to'p uzatishidan keyin Kovachich raqib posboni bilan deyarli birga bir holatda qolgandi. Ammo Adrian to'pni qaytardi. "CHelsi"ning bosimi oshmoqda.

31. Milnerning burchakdan uzatilgan to'piga Mane boshi bilan zarba berdi. Rekoshetlar orqali zarba kuchi pasayganidan keyin Kepa to'pni ushlab olishda qiynalmadi.

29. Burchakdan uzatilgan to'pga Virjil Van Deyk boshi bilan darvoza tomon zarba berdi. Bu erda Kepa to'pga chiqishda xato qilgandi. Agarda zarba aniq bo'lganida to'pni qaytaradigan futbolchi yo'q edi va biz gol ko'rardik.

26. Jiru offsayddan keyin Adrian darvozasi tomon zarba berdi. Uning o'zi ham o'yindan tashqari holatga chiqib ketganini bilgani uchun oddiygina zarba bergandi. Ammo to'pni darvozabon qaytardi. Bosh hakam esa offsayd belgilamadi.

24. Jiru chalqancha uslubda raqib darvozasi tomon zarba berdi. Unga aniqlik etishmadi.

22. UHHHHHH!!!! Pedro bir raqibini aldab o'tgan holda Adrian darvozasi tomon zarba berdi. To'p ustunga tegib, maydonni tark etdi. Adashmasam, golga tortadigan ilk vaziyat.

19. O'yinning borishi unchalik yomon emas. Hujumlar va bosim bo'lyapti.

17. Pedroning zargarona pasidan keyin Jiru yaxshi vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Noaniq.

16. ZARBAAAAAA!!! Saloh raqiblaridan o'tib ketgan holda "CHelsi" darvozasi tomon zarba berdi. Kepa to'pni qaytardi.

13. Xendersonning qanotdan uzatgan pasini Kristinsen boshi bilan qaytarib yubordi.

11. Pedroning uzoqroq masofadan bergan kuchsiz zarbasi noaniq ketdi.

10. Umuman olganda "CHelsi" o'yinni yaxshi boshladi. Yodingizda bo'lsa, ular "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda ham yaxshi start olishgandi. Ammo vaziyatlardan foydalana olishmagandi.

9. "CHelsi" himoyachisining xatosidan keyin Fabino to'pni egallab olid va zarba berdi. To'pni jamoaning "sobiq bosh murabbiyi" ushlab oldi.

6. Matipning boshi bilan bergan zarbasini Kepa ushlab oldi.

5. ZARBAAAAAAAA!!!! Mane qanotdan uzatilgan to'pga chalqancha uslubda zarba berdi. To'pni Aspilikueta qo'li bilan qaytargandek bo'ldi. Ammo hakamlar bunga reakciya bildirishmadi.

4. Van Deyk to'pni qo'li bilan o'ynadi. Bu ko'rindi. "Liverpul" futbolchilari ayol hakamga etiroz bildirishmadi.

1. Demak o'yin boshlandi! 90 daqiqa mobaynida biz ajoyib o'yin ko'rishga ishonamiz.

- Tomonlar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Hozircha o'yinoldi rasmiy tadbirlar ajoyib tarzda o'tkazilmoqda.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика