UEFA Superkubogi-2022 qaysi jamoalar o'rtasida va qachon bo'lib o'tishi malum
29 may 2022 09:15
Yangiliklar


UEFA Superkubogi-2022 qaysi jamoalar o'rtasida va qachon bo'lib o'tishi malum
“Real” CHempionlar Ligasi 2021/22 yilgi mavsum g'olibiga aylandi.
Avvalroq, “Ayntraxt” Evropa Ligasi titulini qo'lga kiritgandi.
SHunday qilib, UEFA Superkubogi-2022 uchun bahs 10 avgust kuni “Real” hamda “Ayntraxt” o'rtasida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Xelsinkidagi “Olimpiya” o'yingohida o'tishi rejalashtirilgan.
Malumot o'rnida, madridliklar ushbu titulni 4 marta (2002, 2014, 2016, 2017) qo'lga kiritgan va 3 bor boy bergan (1998, 2000, 2018). Frankfurtliklar esa ilk marta superkubok uchun bahsda maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar