UEFA "Roma"ni jarimaga tortdi
20 iyu 2018 20:45
Yangiliklar
UEFA "Roma"ni jarimaga tortdi
UEFA tartib-intizom qo'mitasi "Liverpul"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/2 final uchrashuvi bo'yicha "Roma"ga 19 ming evro jarima qo'lladi.
Bunday qarorga "Roma" muxlislarining pirotexnikadan foydalanishi, o'yinning keraklicha tashkillashtirilmagani, zinali yo'lakchalar yopilishi va Rim klubi prezidenti Jeyms Palottaning o'zini nomunosib tutishi sabab bo'ldi.
Bundan tashqari, Palotta 3 oyga evrokubok o'yinlari paytida o'z vazifasidan chetlatildi. Prezident texnik zonada, tribunaosti yo'lakchasida, "Roma" kiyinish xonasida bo'lishi mumkin emas. Jazo Italiya jamoasining evrokubok o'yinlaridagi ilk o'yinidan boshlanadi.
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar