UEFA rahbari CHeferin yozgi transfer oynasi muddatini qisqartirish tarafdori
06 sen 2017 17:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/276297_original.jpg)
![](/upload/storage/276297_220.jpg)
UEFA rahbari CHeferin yozgi transfer oynasi muddatini qisqartirish tarafdori
UEFA prezidenti Aleksander CHeferin yozgi transfer oynasining qisqarishi g'oyasi borasida fikr bildirdi.
APLning 20 klubi 7 sentyabr kuni kelasi mavsumda transfer oynasi muddati qisqarishi borasida ovoz berishadi. Muddat o'zgarishi uchun kamida 14 ta klubning roziligi kerak bo'ladi.
"Evropada yozgi transfer oynasini qisqartirish borasida jiddiy bahs-munozaralar bo'lmoqda. Futbolchilar mavsumni bir klubda boshlab, transfer oynasi yopilguniga qadar boshqasida to'p tepishi yomon. Oyna bunchalik uzun bo'lmasligi lozim va qisqartirishni qo'llab-quvvatlayman" - deydi CHeferin.
Evropaning ko'plar chempionatlarida transfer oynasid 1 sentyabrgacha yopiladi.
O’xshash yangiliklar
15:16
"Real"dan navbatdagi yurish! Madridliklar "Liverpul"dan Aleksander-Arnoldni olib kelishmoqchi 4
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar