UEFA PSJning etirozini ko'rib chiqadi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2018, 17:46
UEFA intizom qo'mitasi PSJning yarim himoyachi Adrien Rabo "Real"ga qarshi bahsda (1:3) olgan sariq kartochkasi borasida yo'llagan etirozini ko'zrib chiqadi.

Yig'ilish 22 fevral kuni o'tkaziladi.

Rabo madridliklar yarim himoyachisi Luka Modrichga ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka olgan edi. Keyinroq, Rabo xatto raqibga tegmagani ma'lum bo'ldi, hakam esa buni payqamagan.

Ma'lumotlarga ko'ra, PSJning bu borada yutib chiqish uchun imkoniyatlari past. Qoidalarga ko'ra, kartochka adashib boshqa futbolchiga berilganda bekor qilish mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe