UEFA Evro'dagi qatnashchi jamoalar sonini 32 taga etkazmoqchi
11 iyu 2021 21:19
Yangiliklar
UEFA Evro'dagi qatnashchi jamoalar sonini 32 taga etkazmoqchi
UEFA Evropa chempionati ishtirokchilari sonini ko'paytirishni o'ylamoqda.
Manbaning xabar berishicha, UEFA Evropa birinchiligi ishtirokchilarini 24 tadan 32 taga etkazmoqchi. Ushbu qaror 2023 yilgacha qabul qilinishi mumkin. Qaror 2028 yildan kuchga kirishi ko'zda tutilgan. Qatnashchilar soni ko'paysa, UEFA saralash formatini qayta ko'rib chiqadi, balki bekor qilishi ham mumkin.
Evro ishtirokchilari soni oxirgi marta 2016 yilgi musobaqa oldidan oshirilgandi — 16 tadan 24 taga.
Eslatib o'tamiz, bugun Italiya va Angliya ishtirokida Evro-2020 finali bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Fikrlar