UEFA ECHL o'yinlari vaqtini o'zgartirmoqchi
31 avg 2016 09:02
Yangiliklar
UEFA ECHL o'yinlari vaqtini o'zgartirmoqchi
UEFA 2018/19 yilgi mavsumdan Evropa chempionlar ligasi o'yinlari boshlanish vaqtlariga o'zgartirish kiritmoqchi.
Seshanba va chorshanba kungi o'yinlar ikki qismga ajratiladi. Birinchisi Evropa vaqti bilan 19.00da (23.00 Toshkent), ikkinchi qism Evropa vaqti bilan 21.00da (01.00 Toshkent).
Eslatib o'tamiz, oldinroq 2018/19 yilgi mavsumdan Evropa chempionlar ligasida bir qator o'zgarishlar bo'lishi haqida xabar chiqqandi. Ulardan biri Top-4 chempionat klublariga guruh bosqichida 4tadan joy kafolatlash edi.
Fikrlar