So’nggi yangiliklar

02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

UEFA delegaciyasi yurtimizga tashrif buyurdi Yangiliklar

UEFA delegaciyasi yurtimizga tashrif buyurdi

Bilasiz, O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda futbol ommaviyligini oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash, mamlakatimizda “millionlar o'yini” yanada ravnaq topishiga qaratilgan tizimli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

Oldinroq xabar berganimizdek, endilikda Evropa futbol associaciyalari ittifoqi – UEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.

Bugun UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Eva Paske boshchiligidagi UEFA delegaciyasi yurtimizga keldi. Evropalik mehmonlar 13 martga qadar O'FAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Tashrif doirasida O'FA rahbar hamda xodimlari bilan, PFL va Coca Cola Superliga klublari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi, O'FA hamda PFLning har bir yo'nalish bo'yicha olib borayotgan faoliyati UEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha o'rganiladi hamda yakunda associaciya ish faoliyati samaradorligini oshirish, yurtimizda futbol rivojlanish darajasini yanada ko'tarishga yo'naltiriluvchi qo'shma loyihalar, mutaxasislarning Evropaning etakchi associaciyalarida malaka oshirishi, qolaversa O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining muntazam ravishda Evropada tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlash kabi masalalar muhokama qilinadi.

Bugun UEFA vakillari O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashdi.

– Evropa futbol yukasak darajada ravnaq topgani bilan boshqa qitalardan ajralib turadi. UEFAdek tashkilot bilan hamkorlikda qo'shma loyihalar amalga oshirishdan juda ham mamnun bo'lamiz. Biz ayni damda milliy futbolimizning barcha bo'g'inlarida o'z ishining chin professionallari faoliyat olib borishini maqsad qilganmiz. Buning uchun esa mahalliy mutaxassislarimizni Evropaga tajriba va malaka oshirish uchun yuborish ayni muddao bo'ladi. O'zaro hamkorligimiz samarali bo'lishidan umidvormiz, – deya takidladi Ravshan Ermatov.

UEFA delegaciyasining ertangi kun tartibidan O'FAning qator bo'limlari rahbar hamda xodimlari bilan uchrashuvlar o'rin olgan.

Qayd etish joiz, 13 mart kuni esa mazkur tashrif yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика