Uchta 3:3 va "SHo'rtan"
22 avg 2015 11:09
Yangiliklar
Ulardan biri Samarqandda "Dinamo" va "SHo'rtan" o'rtasida kechdi. Uchrashuvda tomonlar uchtadan to'p kiritishdi va tomoshabinlarga ajoyib gollar shousini uyushtirib berishdi - 3:3.
Qizig'i bu mavsumda oliy ligada ikkinchi bor 3:3 hisobi qayd etildi. 8-turda "SHo'rtan" klubi o'z maydonida "Olmaliq"qa qarshi kechgan bahsda ham xuddi shu hisobni qayd etgan edi.
O'tgan mavsumda 3:3 hisobi umuman kuzatilmagandi. 2013 yilgi mavsumda bu hisob faqat bir marta qayd etilgan. Qizig'i o'sha o'yin ham "SHo'rtan" ishtirokida o'tgan. 26-tur doirasida G'uzorda "Metallurg" mehmon bo'lgan va bahs 3:3 hisobi bilan tugagan.
Demak oliy ligada so'nggi 3 yilda 3 marta 3:3 hisobi qayd etildi va ularning barchasida "SHo'rtan" klubi ishtirok etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar