So’nggi yangiliklar

10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  3 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  17 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  3 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  6 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  5 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  19 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3

Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Ilk turnirda to'rtta jamoa ishtirok etgan.

Osiyo Futbol Konfederaciyasi tashkil etilishida gongkongliklar muhim tashabbuskorlardan biri bo'ldi. 1954 yil Gongkong, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Filippin va boshqa mamlakatlar Filippin poytaxti Manila shahrida OFKga asos soldi. Tashkilotning birinchi prezidenti va bosh kotib sifatida Lo Man Kam va Li Xui Tang ish boshlaydi.

Oradan ikki yil o'tgach, tashkilot birinchi Osiyo kubogini o'tkazishga qaror qildi va tabiiyki, mezbonlik Gongkongga taqdim etildi va barcha uchrashuv 28 ming tomoshabinga mo'ljallangan Hukumat stadionida o'tkazilishi maqullandi.

Qiziq tomoni, uchrashuvlar 80 daqiqadan davom etishi, agarda durang qayd etilgan taqdirda, 30 daqiqadan iborat qo'shimcha bo'limlar o'ynalishi belgilandi (biroq projektorlarining etarlicha yoritish quvvatiga ega bo'lmagani tufayli bu amalga oshmaydi).

Saralash bosqichida 20 mamlakat markaziy, sharqiy va g'arbiy zonaga bo'lingan holda kurash olib borishi ko'zda tutilgandi. Biroq saralash tartibsiz ruhda kechdi, 12 mamlakat ishtirok etishdan bosh tortdi, bazi mamlakatlar esa birorta o'yin o'tkazmasdan final bosqichiga yo'l oldi.

Gongkong musobaqa mezboni sifatida avtomatik ravishda final bosqichi ishtirokchisiga aylandi. Markaziy zonadan o'sha vaqtlardagi Janubiy Vetnam, SHarqiy zonadan Janubiy Koreya va G'arbiy zonadan Isroil (hududdagi boshqa mamlakatlar saralashda qatnashishdan bosh tortganligi uchun) hal qiluvchi bahslarga kirishdi.

Turnir 1–15 sentyabr kunlari to'rtta jamoa ishtirokida davraviy tizimda o'tkazildi. Dastlabki o'yin Gongong va Isroil o'rtasida o'tkazildi. Garchand mezbonlar uchrashuv davomida ikki marotaba hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay, yakunda isroilliklar 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Oradan besh kun o'tib, mezbonlar koreyslar bilan bellashib, 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi, biroq tajribali raqib futbolchilari muvozanatni tenglashtirdi. Ikki kundan keyin esa Janubiy Koreya Isroilni 2:1 hisobida mag'lub etib, amalda chempionlik taqdirini oxirgi bahsga qoldirdi. 

Janubiy Vetnam musobaqadagi ilk uchrashuvida Gongkong bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi, keyin esa Isroilga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Janubiy Koreya va Janubiya Vetnam o'rtasida to'qnashuv esa norasmiy finalga aylandi. Koreyslar ikki marta hisobda oldinga chiqib oldi, biroq vetnamliklar vaziyatni teng ko'rinishga keltirdi. Biroq Koreya keyinchalik yana gollar urdi, raqib esa bu safar to'p kiritishda ularga eta olmadi. SHu tariqa guruhning oxirgi o'yini 5:3 hisobida yakunlandi. 3 o'yinda ikki g'alaba va bir durang bilan 5 ochko jamg'argan (avvallari g'alaba uchun 2 ochko berilgan) Janubiy Koreya dastlabki Osiyo chempioniga aylandi. Isroillik Naum Stelmax esa 4 ta gol bilan turnir to'purariga aylandi.

Gongkong 2:3 Isroil

Gollar: Au CHi-In 12' 67' / Ieoshua Gleyzer 37' 76', Naum Stelmax 69'

Hakam: Jek SHeppard (Gonkong).

Gonkong: Vay Fat-Kim (Velikobritaniya); Li Pin-CHiu, Szeto YU; Luk Tat-Xay, Ko Po-Keung [c], CHan CHi-Kong; CHu Vin-Va, Lau CHi-Lam, Au CHi-In, Xo CHung-Yau, Lam Kam-Tong.

Murabbiy: Tom Sneddon (SHotlandiya)

Isroil: Yaakov Xodorov; SHaul Mataniya, Devid Kremer; Moshe «Djerri» Xaldi, Icxak SHneor [c], Binyamin Rabinovich; Boaz Kofman, Naum Stelmax, Ieoshua Gleyzer, SHmuel Papo, Yosef Mirmovich.

Murabbiy: Jeki Gibbons (Angliya).


Gongkong 2:2 Janubiy Koreya

Gollar: Tan Yi-Kit 10', Ko Po-Geung 39' / Kim Dji-Son 45', CHxve Kvan-Suk 62'

Hakam: Reuven Prisner (Isroil).

Gonkong: Vay Fat-Kim; Lau CHi-Pin, Szeto YU; Luk Tat-Xay, Ko Po-Keung [c], CHan CHi-Kong; CHu Vin-Va, Xo CHung-Yau, Au CHi-In, Lam Kam-Tong, Tan Yi-Kit.

Murabbiy: Tom Sneddon (SHotlandiya).

Janubiy Koreya: Xam Xyn-CHul; CHa Te Son, Pak CHje Syn [c]; Son Myon Sup, Kim Djin U, Kim Dji Son; CHoy Kvan Sok, Son Nak Un, Kim Yun Djin, U San Kvon, Kim Don Gyn.

Murabbiy: Kim Son Kan.

Janubiy Koreya 2:1 Isroil

Gollar: Vu San-Kvon 52', Sung Nak-Vun 62' / Naum Stelmax 71'

Hakam: Sudya: CHong Van Ki (Janubiy Vetnam).

Janubiy Koreya: Xam Xyn-CHul; CHa Te Son, Pak CHje Syn [c]; Son Myon Sup, Kim Djin U, Kim Dji Son; CHxve CHjon Min, Son Nak Un, Kim Yun Djin, U San Kvon, Kim Don Gyn.

Murabbiy: Kim Son Kan.

Isroil: Yaakov Xodorov; SHabtay «Zigi» Zilbershteyn, Devid Kremer; Moshe «Djerri» Xaldi, Icxak SHneor [c], Binyamin Rabinovich; Iegoshua Gleyzer, Naum Stelmax, Boaz Kofman, Rexaviya Rozenbaum, Yosef Mirmovich.

Murabbiy: Jeki Gibbons (Angliya).

CHetlatish: CHa Te-Sun 74'


Gongkong 2:2 Janubiy Vetnam

Gollar: CHu Ving-Va 59' penaltidan, Lau CHi-Lam 79'/ Trun Van Nxung 'Per' 30', Le Xou Dok 65'

Hakam: Sung Xi-Do (Janubiy Koreya).

Gonkong: CHung Kun-Xing; Lau CHi-Pin, Szeto YU; Luk Tat-Xay, Ko Po-Keung [c], CHan CHi-Kong; CHu Vin-Va, Lau CHi-Lam, Au CHi-In, Xo CHung-Yau, Tan Yi-Kit.

Murabbiy: Tom Sneddon (SHotlandiya).

Janubiy Vetnam: Fam Van Rong; Nguen Vi Nxon «Vayko», Dong Van Kuoy; CHong Xou Txo, Fam Van Xiu, Le Van Xo 'Mio'; Trun Van Nxung «Per», O Kuang Txach, CHong Van Dok, Le Xou Dok [c], Nguen Van To.

Isroil 2:1 Janubiy Vetnam

Gollar: Naum Stelmax 16' 28' / Trun Van Nxung 'Per' 58'

Hakam: Richard Taker (Gonkong).

Isroil: Yaakov Visoker; Devid Kremer, Ieoshua Gleyzer; Moshe «Djerri» Xaldi, Icxak SHneor [c], Binyamin Rabinovich; SHmuel «Papo» Isroili, Naum Stelmax, Rexaviya Rozenbaum, Eliezer SHpigel, Yosef Mirmovich.

Murabbiy: Jeki Gibbons (Angliya).

Janubiy Vetnam: Fam Van Rong; Nguen Vi Nxon «Vayko», Dong Van Kuoy; Trun Van Ong, Fam Van Xiu, Le Van Xo «Mio»; Trun Van Nxung «Per», O Kuang Txach, Din Van Fu, Le Xou Dok [c], Nguen Van To.


Janubiy Koreya 5:3 Janubiy Vetnam

Gollar: Sung Nak-Vun 5', Vu San-Kvon 46' penalti 58', CHxve Yung-Min 56' 66' / Nguen Van Kot 20' penalti, Le Xou Dok 50' 62'

Hakam: Fred Minta (Gonkong).

Janubiy Koreya: Xam Xyn-CHul; CHa Te Son, Pak CHje Syn [c]; Son Myon Sup, Kim Djin U, Kim Dji Son; CHxve CHjon Min, Son Nak Un, Kim Yun Djin, U San Kvon, Kim Don Gyn.

Murabbiy: Kim Son Kan.

Janubiy Vetnam: Fam Van Rong; Trun Van Nxung «Per», Dong Van Kuoy; Nguen Van Kot, Fam Van Xiu, Le Van Xo «Mio»; Le Van Dot-Ko, CHong Xou Txo, Nguen Van To, Le Xou Dok [c], To Vin Trach.

Aslida Janubiy Koreyaning Koreya urushidan keyin musobaqada ishtirok etishi so'roq ostida turgandi. Dastlabki Osiyo kubogi g'olibiga aylangan Park Kyon Xo jamoasining g'oliblik sari mashaqqatli yo'li to'g'risidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

"O'sha paytlar Koreya urushidan keyingi davrlar edi, shuning uchun mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat unchalik yaxshi emas edi. Bizda haftada faqat bitta xalqaro reys bor edi, biz Xitoy Taypeyiga saralash turniriga olib bordik. U erda g'alaba qozonishimizni kutmagandik. Ammo biz buni uddaladik, shu tariqa Gonkongga final bosqichiga yo'l oldik.

Saralash o'yinlaridan bir hafta o'tgach, Gonkongga etib bordik. Xitoy Taypeyi ustidan g'alaba qozonishni kutmaganimiz bois Gonkongga chipta sotib olmagan edik. SHuning uchun Seulga qaytib, bir hafta kutishimizga to'g'ri keldi va biz faqatgina turnir boshlangan kuni etib bordik".

CHindan ham, Park va uning jamoadoshlari Gongkongga tashrif buyurganida musobaqa allaqachon boshlangandi. Koreyslar aeroportga qo'nishidan besh kun ilgari Isroil Gonkongni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Seuldan uchgan samolyot koreyslarning mezbonlarga qarshi uchrashuviga bir necha soat qolganda Gongkongga qo'ndi. Koreyslar mezbonlarga qarshi to'qnash kelish uchun yaxshi jihozlanmagan va ularning jismoniy va boshqa tomondan tayyorgarlik ko'rmaganligi dastlab o'z isbotini topdi.

"Urushdan so'ng barcha o'yinchilar armiyaga tegishli edi, shuning uchun Taypeydagi o'yin oldidan tayyorgarlik ko'rishimiz uchun atigi bir hafta vaqtimiz bor edi. Keyin biz Seulga bordik va u erda bir hafta qolishga majbur bo'ldik. Gonkongga etib borgach, barcha xarajatlar OFK tomonidan qoplandi.

Kelgan kunimiz soat 16:00 da Gonkong bilan o'ynadik. Birinchi bo'limda ikkita gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda to'satdan yomg'ir yog'di. Hamma charchagandi, havo dim edi, biroq yomg'ir bizni junbushga keltirdi va biz ikki marta gol urishga muvaffaq bo'ldik va 2:2 hisobida durang o'ynadik.

Urushdan keyin Koreyada ishlab chiqarilgan sifatsiz liboslarni kiygandik, shu bois undagi ranglar ham yaxshi emasdi. Yomg'irdan keyin ko'ylaklarning bo'yog'ini chiqib ketdi. SHundan so'ng Gonkongda yashovchi koreysni topishga muvaffaq bo'ldik va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan yangi liboslarni olib, ulardan turnirning qolgan qismida foydalandik.

Vetnamliklarga qarshi o'ynaganimizda bizni mahalliy muxlislar qo'llab-quvvatlashdi. Bizda bor-yo'g'i 18 nafar futbolchi, murabbiy, jamoa menejeri hamda federaciya prezidenti bor edi.

Gongkong xalqi biz Koreya urushidan endigina chiqqanimizni va og'ir kunlarni boshdan kechirganimizni yaxshi bilishardi. Bizda jamoa shifokori yo'q edi, o'yinchi maydonda jarohat olganida, boshqa o'yinchilar uni suv bilan davolashardi.

Koreya birinchi marta sport turi bo'yicha xalqaro musobaqada g'olib chiqdi, biroq jamoa Seulda ulkan tantana bilan kutib olinmadi.

Odamlar qiyin ahvolda edi. Ular kundalik hayotlari bilan juda band edi, lekin bizni prezident yashaydigan Moviy uyga taklif qilishdi va davlat rahbarining shaxsan o'zi kutib oldi. Bu Koreya prezidentining sportchilar bilan birinchi marta suratga tushishi edi..."

Oradan to'rt yil o'tib, koreyslar chempionlik unvonini saqlab qolishdi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика