So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  20 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  96 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Uchqun Qobilov: "Dinamo"ga o'yin amaliyoti zarur edi" Yangiliklar

Uchqun Qobilov: "Dinamo"ga o'yin amaliyoti zarur edi"

Dinamo - Zomin (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi Uchqun Qobilov o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

Avvalo, muhim g'alaba bilan bizni o'yin davomida qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimiz va jamoani tabriklayman. Natija yirik ko'rinish olgan bo'lsada, o'yin ancha qiyin bo'ldi - deya gap boshladi jamoa katta murabbiyi Uchqun Qobilov.

Bilasiz, o'tgan ikki tur o'yinlarining qoldirilishi va so'nggi turda dam olganimiz bois jamoa deyarli bir oy o'yin amaliyotisiz qoldi. Bizga o'yin amaliyoti zarur edi. Ushbu mudddat davomida futbolchilar bilan yaxshi tayyorgarlik olib borib, bugungi bahsga tayyor holatda bo'lsakda, o'yin amaliyotimiz kam ekanligi bois o'yinimiz u qadar mazmunli chiqmadi. SHu bois aksariyat futbolchilarimiz o'yinidan qoniqish hosil qilganimiz yo'q. O'yinni to'liq tahlil qilib, xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz. Eng asosiysi g'alaba bilan peshqadamlikni saqlab, maqsadimiz sari olg'a intilishda davom etamiz. Muhimi shu edi.

Keyingi ketma-ket ikki o'yinda Qashqadaryoning Mashal-2 va Nasaf-2 jamoasiga qarshi to'p suramiz. Ushbu jamoalarga qarshi bahs ham oson bo'lmaydi. Har ikki jamoa ham o'z akademiyasiga ega bo'lganligi bois, ular ancha tartibli va intizomli o'yin namoyish etishadi. SHunday ekan, ushbu bahslarda ham puxta tayyorgarlik ko'rib, faqat g'alabani ko'zlaymiz - deydi Uchqun Qobilov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика