So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  21 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  85 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  17

Uchirilgan lochin, dramatik yakun yasagan Golban yoxud turning markaziy o'yini oldidan 2018 yil Namangandagi "triller"ni yodga olamiz Yangiliklar

Uchirilgan lochin, dramatik yakun yasagan Golban yoxud turning markaziy o'yini oldidan 2018 yil Namangandagi "triller"ni yodga olamiz

Teglar :  Navbahor Paxtakor
Superliganing 5-turidan bir qator qiziqarli to'qnashuvlar o'rin olgan.

Ushbu uchrashuvlar orasida "Navbahor" va "Paxtakor"  jamoalari o'rtasidagi o'yin diqqat markazida bo'lishi tabiiy. Sir emaski mazkur jamoalar o'rtasidagi to'qnashuv azaldan shiddatlarga va keskin kurashlarga boy o'tib kelgan. Ayniqsa Namanganda o'tadigan bellashuvlar doim muxlislarning ajoyib muhit hosil qilishi bilan etiborni o'ziga jalb qilib kelgan. Biz esa bugungi yuqori tempda o'tishi kutilayotgan bahsdan oldin bu jamoalarning 2018 yilgi o'yinini rasmlar yordamida yodga olishga qaror qildik. Yodga olayotgan o'yinimiz hisob jihatdan ham, o'yin tomonlama ham haqiqiy "triller" bo'lgandi. 

Superliga 23-tur

2018 yil. 14 sentyabr, juma
“Navbahor” – “Paxtakor” 3:3
Hakamlar:
Aziz Asimov, Ruslan Seraziddinov, Alisher Usmonov, Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Mamur Saidqosimov.

Gollar: Ayubxon No'monov 40, - 1:0. Dragan CHeran 48, - 1:1 (Jaloliddin Masharipov).  Ismoil Gonsalvesh 72 penalti, - 1:2. Azizbek Turg'unboev 76, - 2:2. Farrux Sayfiev 80, - 2:3 (Tiago Bezerra). Igor Golban 90, - 3:3 (SHerzod Karimov).

"Navbahor": 1.Botirali Ergashev, 5.Igor Golban, 7.SHerzod Karimov, 10.Azizbek Turg'unboev, 8.Ayubxon No'monov, 9.Dilshod Jabborov (14.Ilhom Boydedaev, 83), 19.Mirzohid G'ofurov, 21.Azam Aliev, 24.Davron Hoshimov, 30.Darko Nikach (15.Azamat Allaniyozov, 90+2), 44.Darko Stanoevich
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 17.Sardor Sulaymonov, 27.Ravshan Do'smatov, 33.Tomislav Payovich, 35.Dilshod Hamroev, 77.Muzaffar Abdullaev, 99.Sarvar Soliev

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.SHerzod Azamov, 7.Azim AHmedov, 8.Dilshod Rahmatullaev, 9.Jaloliddin Masharipov (22.Jasur Yaxshiboev, 88), 11.Ismoil Gonsalvesh (21.Kamoliddin Tojiev, 85), 15.Egor Krimec, 34.Farrux Sayfiev, 69.Dragan CHeran, 77.Tiago Bezerra
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 3.Xojiakbar Alijonov, 6.Jahongir Ahmadov, 10.Jamshid Iskanderov, 18.Bahrom Abdurahimov, 29.Vladimir Kozak, 88.Igor Sergeev

Ogohlantirishlar: Egor Krimec 29, Davron Hoshimov 29.

Uchrashuv boshlanishidan oldin "Navbahor" ramzi hisoblangan Lochin stadion uzra uchirilgandi.


Uch yil ichida "Paxtakor"ning bu tarkibidan hozirda Eldor Suyunov, SHerzod Azamov, Dragan CHeran, Farrux Sayfiev, Egor Krimeclar qolgan. Ettinchi raqamdagi Azim Ahmedov bugun "Navbahor" libosida sobiq jamoasiga qarshi o'ynaydi.


"Navbahor"da esa tarkibi keskin o'zgarib ketdi. Bugungi kunda ushbu tarkibdan Igor Golban, Mirzohid G'ofurov, Davron Hoshimov jamoa sharafini himoya qilmoqda. Hoshimov malum vaqt "Lokomotiv"da ham to'p tepib qaytdi.


O'yinning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan, 80-daqiqada "Paxtakor"ning uchinchi golini urgan Farrux Sayfiev. 


Sayfievning golidan to'rt daqiqa oldin Aziz Turg'unboev hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirgan edi. Bugungi o'yinda u endilikda "Paxtakor" safida Namanganda "Navbahor"ga qarshi to'p tepadi. Futbolchining hayoti shu ekan.


Aziz Asimov Egor Krimecga qizil kartochka ko'rsatgan vaziyat. Krimec o'tgan turda  "Metallurg" bilan o'yinda qizil kartochka olganligi sabab bugun "Paxtakor"ga yordam bera olmaydi.


Davron Hoshimovdan jangchilarga hos harakat. 


O'yinda "Navbahor"ning ilk golini urgan Ayubhon No'monov. Emociyalarga boy surat desak mubolag'a bo'lmaydi.


Namangandagi markaziy stadionda muxlislar shu kuni haqiqatdan ham olov bo'lib yongandi. 


"Paxtakor"dagi gollarining aksariyat qismini penaltidan urgan Ismoil Gonsalvesh "Navbahor" bilan o'yinda ham 11 metrlik nuqtadan adashmagan edi.


Ayni paytda "Neftchi"ni Superligaga olib chiqish yo'lida harakat qilayotgan Ilhom Mo'minjonov o'z shogirdlarini jangovor kayfiyatda maydonga olib tushgan va bu o'yin davomida futbolchilarning ko'zida bilingandi. 


SHota Arveladze uchrashuvdan so'ng: “Namangandagi fantastik muhit uchun bu kabi maydonda o'ynash gunoh",- deya fikrlarini bayon qilgan.


So'nggi daqiqada "Paxtakor"ga uchinchi golni urgan Igor Golban o'yinga dramatik yakun yasagan edi.


"Navbahor"ni qo'llab-quvvatlagani Qirg'izistondan ham ko'p sonli ishqibozlar tashrif buyurgandi.


Odatdagidek uchrashuv yakunlangach "Navbahor" futbolchilari islandcha qarsak bilan muxlislarga minnatdorchilik bildirishgan.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика