So’nggi yangiliklar

11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  5 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  6 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  4 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4

Uch yildan so'ng: Ular qaerda? Biz qaerda? Yangiliklar

Uch yildan so'ng: Ular qaerda? Biz qaerda?

Ertalab noutbukimni "titkilab" o'tirsam, 2013 yil Turkiyada o'tkazilgan Yoshlar (U-20) o'rtasidagi jahon chempionati, chorak final Franciya - O'zbekiston videolavhasi chiqib qoldi.

Esimda, o'sha o'yinda biz 0:4 hisobida yutqazib kichik mundialni tark etgandik. Ungacha esa yigitlar chiroyli o'yin ko'rsatgan holda Yangi Zelandiya bilan Greciyani mag'lub etishgan, Xorvatiya bilan durang o'ynagan bo'lsak, Urugvay va Franciyadan bir xil 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandik.

Turnirdan keyin oradan uch yil o'tdi. Futbolchilar yana uch yoshga ulg'ayishdi. Endilikda ular 23 yoshni urib qo'yishdi. Noutbukda uchrashuv gollarini ko'rar ekanman, o'sha paytdagi futbolchilar uch yildan so'ng qay darajada o'sgani haqida mulohaza yuritish fikri tug'ildi. Natijada quyidagi maqola yuzaga keldi.

Dastavval o'sha o'yindagi jamoalar tarkibini keltirib o'tamiz.


Franciya U-20 terma jamoasi tarkibi:
1. Alfons Areola
2. Dimitri Folkier
4. Kurt Zuma
5. Samuel Umtiti
6. Pol Pogba
8. Joffrey Kondogbia (10. Aksel Ngando, 62)
9. Yaya Sanogo
11. Jan-Kristof Baebek (15. Aleksi Bosetti, 69)
12. Lukas Din (3. Per-Yves Polomat, 78)
17. Jordan Veretu
20. Florian Toven


O'zbekiston U-20 terma jamoasi tarkibi:
1. Asilbek Omonov
2. Tohir SHamsitdinov
5. Maksimilian Fomin
7. Vladimir Kozak
8. Diyor Turopov (19. Zabixillo O'rinboev, 59)
11. Abdulaziz Yusupov (9. Jaloliddin Masharipov, 59)
16. Azamat Abdullaev
17. Igor Sergeev
18. Sardor Sobirxo'jaev (13. Kamronbey Kapadze, 65)
20. Muhsin Ubaydullaev

O'tgan uch yil ichida aksariyat franciyalik futbolchilar katta o'sishga erishishdi. Xususan bizga qarshi to'p tepgan tarkibdan Kurt Zuma bugungi kunda "CHelsi"da faoliyat olib bormoqda. Samuel Umtiti bilan Lukas Din shu mavsum boshida "Barsa"ga, Pol Pogba esa juda katta summa evaziga MYUga o'tishdi.


FRANCIYA FUTBOLCHILARI
1. Alfons Areola
O'sha paytdagi jamoasi
: PSJ
Hozirgi jamoasi: PSJ

2. Dimitri Folkier
O'sha paytdagi jamoasi:
"Renn"
Hozirgi jamoasi: "Granada"

4. Kurt Zuma
O'sha paytdagi jamoasi
: "Sent-Etenn"
Hozirgi jamoasi: "CHelsi"

5. Samuel Umtiti
O'sha paytdagi jamoasi:
"Lion"
Hozirgi jamoasi: "Barselona"

6. Pol Pogba
O'sha paytdagi jamoasi:
"Yuventus"
Hozirgi jamoasi: MYU


8. Jeffrey Kondogbia
O'sha paytdagi jamoasi:
"Sevilya"
Hozirgi jamoasi: "Inter"

9. Yaya Sanogo
O'sha paytdagi jamoasi:
"Arsenal"
Hozirgi jamoasi: "CHarlton"

11. Jan-Kristof Baebek
O'sha paytdagi jamoasi:
"Trua"
Hozirgi jamoasi: "Peskara"

12. Lukas Din
O'sha paytdagi jamoasi:
"Lill"
Hozirgi jamoasi: "Barselona"

17. Jordan Veretu
O'sha paytdagi jamoasi:
"Nant"
Hozirgi jamoasi: "Aston Villa"

20. Florian Toven
O'sha paytdagi jamoasi:
"Bastiya"
Hozirgi jamoasi: "Marsel"

10. Aksel Ngando
O'sha paytdagi jamoasi:
"Renn"
Hozirgi jamoasi: "Bastiya"
 
15. Aleksi Bosetti
O'sha paytdagi jamoasi:
"Nicca"
Hozirgi jamoasi: "Nicca"

3. Per-Yves Polomat
O'sha paytdagi jamoasi
: "Sent-Etenn"
Hozirgi jamoasi: "Sent-Etenn"



Aslida-ku, o'yinning borishidanoq keyinchalik ko'plab francuzlarning buyuk klublarga o'tib ketishi ularning o'yinidan malum edi. Biz esa o'sha uchrashuvni past darajada o'tkazgan bo'lib, futbolchilarimizga chetdan qiziqish bo'lishi amrimahol edi. Yakunda shunday bo'ldi ham. Hozir futbolchilarning aksariyati o'zimizning oliy ligada javlon urishmoqda, bazilari esa birinchi liga klublarida.  

Umuman olganda bizda ham 1993-1994 yil tug'ilgan futbolchilar orasidan yaxshi bir avlod etishib chiqayotgandi, lekin negadir futbolchilar keyinchalik tarqoq bo'lib ketishdi. Hozirda uch  yil oldin Franciyaga qarshi to'p tepgan futbolchilardan Asilbek Omonov, Maksimilian Fomin, Diyor Turopov va Jaloliddin Masharipov o'z klublarida bir tekis o'yin namoyish etib kelishmoqda. Igor Sergeev kelsak, bu hujumchi muntazam terma jamoaga chaqirilayotgan bo'lsa-da, bir nechta o'yindan beri gol urgani yo'q. Abdulaziz Yusupov, Azamat Abdullaev, Kamronbey Kapadze kabi futbolchilar xususida esa bugungi kunda juda kam malumotga egamiz.


O'ZBEKISTON FUTBOLCHILARI

1. Asilbek Omonov
O'sha paytdagi jamoasi:
"Paxtakor"
Hozirgi jamoasi: "Buxoro"

2. Tohir SHamsitdinov
O'sha paytdagi jamoasi:
"Guliston"
Hozirgi jamoasi: "Navbahor"

5. Maksimilian Fomin
O'sha paytdagi jamoasi
: "Paxtakor"
Hozirgi jamoasi: "Buxoro"

7. Vladimir Kozak
O'sha paytdagi jamoasi
: "Paxtakor"
Hozirgi jamoasi: "Paxtakor"

8. Diyor Turopov
O'sha paytdagi jamoasi:
"Olmaliq"
Hozirgi jamoasi: "Olmaliq"

11. Abdulaziz Yusupov
O'sha paytdagi jamoasi:
"Paxtakor"
Hozirgi jamoasi: (Birinchi liga)

16. Azamat Abdullaev
O'sha paytdagi jamoasi:
"Qizilqum"
Hozirgi jamoasi: (Birinchi liga)

17. Igor Sergeev
O'sha paytdagi jamoasi:
"Paxtakor"
Hozirgi jamoasi: "Beyjing Goan"

18. Sardor Sobirxo'jaev
O'sha paytdagi jamoasi:
"Bunyodkor"
Hozirgi jamoasi: "Obod"

20. Muhsin Ubaydullaev
O'sha paytdagi jamoasi:
"Paxtakor"
Hozirgi jamoasi: "Neftchi"

19. Zabixillo O'rinboev
O'sha paytdagi jamoasi:
"Bunyodkor"
Hozirgi jamoasi: "Bunyodkor"

13. Kamronbey Kapadze
O'sha paytdagi jamoasi:
"Bunyodkor"
Hozirgi jamoasi: (Birinchi liga)

9. Jaloliddin Masharipov
O'sha paytdagi jamoasi:
"Paxtakor"
Hozirgi jamoasi: "Paxtakor"


Bizdagi muammo shuki, malum bir yoshda yoshlar va o'smirlar terma jamoasi jahon chempionatlarida qatnashib qaytgach, ko'pchilik futbolchilarda o'sishdan ko'ra bir joyda to'xtab qolish kuzatiladi. Ehtimol futbolchilar men yuqori darajamga chiqib bo'ldim deb o'ylashadimi. Vaholanki, ular endi-endi faoliyatni boshlayotgan bo'lishadi.

Mana bu yil Osiyo chempionatida qatnashgan o'smirlar va yoshlar terma jamoamiz jahon chempionatga chiqa olmadi. Bu esa vaqti kelib katta yo'qotish bo'lishi mumkin. Buning tasiri baribir keyinchalik sezilmasdan qolmaydi. CHunki futbolchining o'sishiga eng katta xizmat qiladigan baribir xalqaro o'yinlar hisoblanadi.

O'sha o'yin videosini tomosha qiling. (TAS-IX emas)


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика