So’nggi yangiliklar

12:10Суперлига 1-туридаги водий дербисидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:42"Челси" нидерландиялик ҳужумчига даъвогарлик қилмоқда  0 11:17Гвардиола "Манчестер Сити"нинг қимматбаҳо футболчиси билан хайрлашади. Унга янги клуб топилди  2 10:50«Реал Мадрид» Мбаппега катта миқдорда бонус берди  4 10:18«Атлетико» футболчиси узоқ муддатга четлатилиши мумкин  9 09:52Клаудио Раньери Шомуродов ҳақида фикр билдирди  4 08:49Гвардиола Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  6 08:16Sofascore. Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  9 07:55Суперлига. Насаф ўз уйида ғалаба қозонди, Шароф Муҳиддиновдан СУПЕРГОЛ!  0 07:40Танишинг! "Насаф"нинг Суперлига-2025 учун тўлиқ қайдномаси  0 03:09Сергей Лушан: "Футболни озгина бўлса ҳам тушунадиган одам бир ойда жамоа йиғиб бўлмаслигини тушунади"  13 02:42А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Аталанта"га шармандали тарзда мағлуб бўлди  20 01:42Вадим Абрамов: "Бизни "Навбаҳор"дек жамоага қарши ўйиндаги дуранг ҳам қониқтирмасди"   11 00:21Киммихнинг "Бавария" билан янги шартномаси бўйича ҳужжатлар тайёр. Келишув 2029 йилгача мўлжалланган  2 23:55А Серия. "Рома" биринчи дақиқадаги гол эвазига "Эмполи"ни мағлуб этди, Шомуродов 72 дақиқа ўйнади  55

Uch yilda D Seriyadan A Seriyaga. "Parma"ning haqiqiy afsonasi haqida Yangiliklar

Uch yilda D Seriyadan A Seriyaga. "Parma"ning haqiqiy afsonasi haqida

Zamonaviy futbolni pul boshqarishi hech kimga sir emas.

Katta maosh evaziga jonajon klubini tashlab ketgan o'yinchilar juda ko'p. Ammo Franchesko Tottiga o'xshab klubiga sodiq bo'lgan o'yinchilarni barmoq bilan sanash mumkin. Ana shunday o'yinchilardan biri Alessandro Lukarelli bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda. SHu munosabat bilan klubi bilan mashaqqatli yo'lni birga bosib o'tgan va oliy maqsadi jamoani Italiya elitasiga olib chiqish bo'lgan o'yinchi haqida suhbatlashamiz.

"Parma"ga o'tishidan avval bir qator Italiya klublarida to'p tepgan: "Pyachenca", "Leffe", "Palermo", "Breshia", "Fiorentina", "Livorno", "Rejina", "Siena" va "Jenoa". Lekin hech birida uzoq qolmagan. To'g'ri, uni jahon miqyosidagi futbolchi deya olmaymiz, sababi u termaning birorta o'yinida ham maydonga tushmagan. Biroq unga doim talab bo'lgan va hech qachon ishsiz qolib ketmagan.

2008 yili italiyalik himoyachi akasi o'ynaydigan "Parma" safiga kelib qo'shildi. Alessandro qisqa vaqt ichida sardorlik bog'ichiga ega bo'ldi. Ammo 2015 yil boshida Italiya prokuraturasi "Parma"ni kasodga uchragani, qarzi 96 mln evroga etganini malum qildi. Klub avtobusi olib qo'yildi, kiyinish xonasidagi suv va elektr tarmog'i o'chirildi. Sardor A Seriya o'yinlariga boykot elon qildi, chunki o'yinchilar safarga borishi uchun sharoiti yo'q edi. "Biz turli vakolatxonalarga murojaat qildik va hech kim, takrorlayman, futbolchilar va murabbiylar Associaciyasidan tashqari hech kim bizga etibor bermadi. Biz nafaqat "Parma", balki bunday holat boshqa takrorlanmasligiga futbol uchun kurashamiz".

2015 yil fevralida Lukarelli "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida futbolchilar nega sudga murojaat qilmay, o'z maosh va klubning ular oldidagi qarzlardan voz kechishgani haqidagi savollarga javob berdi: "Agar biz mavsum davomida klub bilan sudlashganimizda, Parma ishchilarining oilasi bundan zarar ko'rishi mumkin edi. Men o'yinchilar haqida emas, oyiga 1000 evro maosh oladiganlar haqida o'ylayapman. Ular bizni o'lishimiz uchun tashlab ketishdimi? Ajoyib, unda birga o'lamiz. Aybdorlar jazosini olsin. Lekin "Parma" — bu ular emas, "Parma" — bu biz. Men havaskor jamoada ham sardor bo'lishga tayyorman".

Alessandro yolg'on gapirmagan edi: 22 iyun kuni klub bankrot deb elon qilindi va D Seriyaga tushib ketdi. Lukarelli A Seriyaning bir nechta klubidan bo'lgan taklifni rad etdi. Uning eng katta maqsadi jamoasini oliy ligaga qaytarish bo'ldi. "Siz munosib bo'lgan barcha narsani sizga berish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Mag'rurlik bilan boshimizni yuqoriga ko'targan holda "Parma"ni o'z o'rniga qaytarmiz" — degan edi sardor o'sha yili muxlislar bilan bo'lgan uchrashuvda. Parma klubi D Seriyadagi o'yinlarni mag'lubiyatsiz yakunladi va uchinchi divizionga chiqdi.


S Seriyada 2-o'rinni olgan jamoa ikkinchi divizionga chiqish uchun pley-off bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi. Finalgacha etib borgan klub sardori Alessandro Lukarelli hal qiluvchi o'yin oldidan kuchli nutq so'zladi: "V Seriyaga chiqishimiz uchun bizda 90 daqiqa bor. Oyoq bilan bajarolmagan ishimizga, yurak orqali erishishimiz zarur. Biz bunga loyiqmiz, chunki yil davomida shunga tayyorlandik". "Parma" 2:0 hisob bilan "Alessandriya"ni mag'lub etdi va V Seriya tomon yo'l oldi.

Finaldan bir oy o'tib, italyan 40 yoshga to'lishi va uchinchi diviziondagi mavsum u uchun oxirgisi bo'lishi kerak edi. Ammo V Seriyaga chiqish Lukarellining qarori o'zgarishi va oliy maqsadini amalga oshirishiga turtki bo'ldi.

2017/2018 yilgi mavsum V Seriya o'yinlaridan birida Alessandro qattiq jarohat oldi va operaciya qildirdi. "Bir narsa aniq: bu jarohat meni to'xtata olmaydi. Sardorlik bog'ichi endi sheriklarim va siz muxlislarga tegishli. Mavsum oxirigacha harakat qilamiz. Bu so'nggi qadam". Operaciyadan 16 kun o'tib sardor safga qaytdi va so'nggi turda ishtirok etdi. O'sha kuni "Parma" "Speciya"ga qarshi o'ynadi. Lukarelli jamoasi to'g'ridan-to'g'ri chiqishi uchun g'alaba qozonishi va parallel vaqtda "Frozinone" "Foja"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotishi kerak edi ("Frozinone" "Parma"dan 2 ochko oldinda edi). "Sariq-ko'klar" 2:0 hisobida g'olib bo'ldi, "Frozinone" esa g'alabaga erisholmadi — 2:2.

"Parma" to'plar nisbati bo'yicha "kanareykalar"ni ortda qoldirdi va ikkinchi o'rinni egallab, A Seriya tomon yo'l oldi.


"G'alabamizni tonggi 4:00gacha nishonladik. 5:30da uxlashga yotgan bo'lsam ham, 8:00da o'yg'ondim. "Uch yil ichida elitaga qaytishimizni hayolimga ham keltirolmasdim. Agar menga sizlar uddalaysizlar deb vada berishganda ham ishonmagan bo'lardim. Bu biz va muxlislarning yutug'i. Keling, bu lahzadan zavqlanaylik. Endi ketishim mumkin. Men o'z vazifamni bajardim: klubni oliy ligaga olib chiqdim. Avvaliga bayram qilamiz, keyin esa rahbariyat bilan eng yaxshi qarorni qabul qilamiz. Bizni hech qachon o'z holimizga tashlab qo'ymay, qiyin paytda qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat. Jamoadoshlarimga rahmat. Doim yonimda bo'lgan oilamdan minnatdorman".

Bu uch yil ichida D Seriyadan A Seriyaga chiqqan jamoa haqidagi birinchi (!) voqea, Alessandro Lukarelli esa — bu davrda klubni tashlab ketmay, barcha qiyinchiliklarni jamoa bilan engib o'tgan yagona o'yinchi. Klub elitaga chiqqanidan so'ng, o'sha payt 40 yoshda bo'lgan sardor faoliyatini yakunladi. "Parma" esa klubning haqiqiy afsonasiga tegishli 6-raqamni hech kimga bermaslikka qaror qildi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика