So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  196 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

UCFGA azoligida “BarsaManiya Tashkent” va “Madridista Uzbekistan” “Bunyodkor” stadionida Yangiliklar

UCFGA azoligida “BarsaManiya Tashkent” va “Madridista Uzbekistan” “Bunyodkor” stadionida

Teglar :  KiberfutbolUCFGA
Kecha OCHLning “pley-off” o'tish bosqichi doirasida Qarshining “Nasaf” klubi Bahraynning “Al Xidd” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va raqiblarini yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun ko'p sonli muxlislar “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurishdi. SHuningdek kechagi bahsda vakillarimizni qo'llab-quvvatlash uchun “Barselona”ning “BarsaManiya Tashkent” va “Real Madrid”ning “Madridista Uzbekistan” muxlislar klubi azolari UCFGA Assosiaciyasi prezidenti Azizbek Pattaxov boshchiligida muxtasham “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurishdi. “Madridista Uzbekistan” muxlislar klubi sardori Bahodir Solixov va “BarsaManiya Tashkent” muxlislar klubi sardori Otabek Adilov birgalikda elkama-elka turib “Nasaf” klubini shiddat bilan qo'llab-quvvatlashdi. UCFGA Assosiaciyasi prezidenti Azizbek Pattaxovning takidlashicha mana shunday loyihani jamoalarimiz ishtirokida barcha xalqaro uchrashuvlarda va ichki chempionatlarda amalga oshirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, ushbu ikki klub muxlislari o'rtasida do'stona aloqa yo'lga qo'yilganiga bir necha kun bo'lgan bo'lsada, bu ikki muxlislar klubi bir-biri bilan xuddi aka-ukadek munosabatda bo'lishmoqda. Bunday do'stlik uzoq yillar davom etishini tilab qolamiz.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика