So’nggi yangiliklar

22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  3 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  17 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  28 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   25 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  20 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0

U-20 jahon chempionati. Argentina ochilish o'yinida kambek evaziga O'zbekistonni mag'lub etdi Yangiliklar

U-20 jahon chempionati. Argentina ochilish o'yinida kambek evaziga O'zbekistonni mag'lub etdi

Argentinada start olgan U20 jahon chempionatining ochilish uchrashuvi yakunlandi.

Argentina U20 - O'zbekiston U20 2:1

Gol: 0:1 — 22, Mahmudjon Mahamadjanov, 1:1 — 27, Alexo Veliz, 2:1 — 41, Valentin Karboni 

Argentina U-20: 1.Gomesh Gert; 4.Augustin Giay, 2.Di Lollo Lautaro, 6.Valentin Gomes, 3.Valentin Barko; 8.Maksimo Perrone (5.Federiko Redondo, 59), 14.Mateo Tanlongo (20.Ignasio Miramon, 72); 11.Matias Sule (16.Luka Romero, 59), 10.Valentin Karboni (19.Jino Infantino, 72), 18.Brayan Agirre, 9.Alexo Veliz (21.Puch Maestro, 85)

Zaxira: 12.Lukas Lavagnino, 17.Nikolas Klaa, 7.Xuan Karlos Gauto, 13.Tomas Aviles, 15.Roman Vega

O'zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (5.Rustam Turdimurodov, 77), 8.Behruzbek Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliev (s), 11.SHerzod Esanov (17.Nodirbek Abdurazzoqov, 64), 13.Zafarmurod Abdirahmatov, 14.Abbos Fayzullaev, 15.Diyorbek Ortiqboev (19.SHahzod Akramov, 85), 20.Mahmudjon Mahamadjanov

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 12.Asrorbek Kenjaev, 2.Izzatillo Po'latov, 4.Abubakir Ashurov, 9.SHahzod Nematjonov, 16.SHahzod Rahmatullaev, 18.Saidafzalxon Ahrorov

Ogohlantirish: Augustin Giay (11), Mateo Tanlongo (45+7), Diyorbek Ortiqboev (80)

MATNLI TRANSLYACIYA 

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. Yaqin masofada turgan Abdurazzoqov o'yindan keyin internetga kirmasin.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86. Rahmonalievning barcha orzusi faqatgina tug'ilgan kunida amalga oshishi mumkin.

85. O'zgarishlar: Alexo Veliz o'rniga Puch Maestro uchrashuvni yakunlab qo'yadi. Diyorbek Ortiqboevni esa SHahzod Akramov almashtirdi.

83. Uxx!!! Argentina xavfli hujum tashkillashtiribdi. Vaziyatni ko'rmay qolganim uchun kechirasiz, tribunadagi muxlisalarga boshqa qaramayman.

80. Diyorbek Ortiqboev ortiqcha harakat qilgani uchun ogohlantirildi.

77. Tarkibimizda o'zgarish: Xoldorxonov o'rniga Rustam Turdimurodov maydonga tushirildi.

37233 tomoshabin bugungi bahsi tashrif buyuribdi. SHulardan oxirgi uchtasi Championat.asia xodimlari hisoblanadi.

72. Argentinada o'zgarish: Jino Infantino va Ignasio Miramon maydonga tushirildi, Mateo Tanlongo va Valentin Karboni zaxiraga olindi.

69. Futbolchilarimizga Argantina GM tezligida yurish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini eslatib qo'ymoqchi edim.

64. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: SHerzod Esanov o'rniga Nodirbek Abdurazzoqov o'yinga qo'shildi.

62. Giayning zarbasi argentinalik qizlarga o'xshadi: chiroyli, ammo foydasiz.

59. Argentina tarkibida ikki o'zgarish: Maksimo Perrone va Matias Sule o'rniga Federiko Redondo hamda Luka Romero o'yinga qo'shildi.

55. Zafarmurod Abdirahmatovning zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Golga biroz aniqlik etishmadi.

53. Burchak zarbasi vaqti fol ishlatdik. Natijada erkin zarba belgilandi.

48. Xoldorxonovga ob-havo yomon tasir o'tkazmoqda shekilli.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+7. Mateo Tanlongoga qarab uchrashuv bosh hakami qo'lidagi kartochkasi bilan Ozodlik haykaliga o'xshash harakat amalga oshirdi.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

44. Fayzullaev fint ishlatib, bir raqibini aldab o'tdi, ammo ikkinchisi vaziyatni bartaraf etdi.

41. Afsuski, mezbonlar hisobda oldinga chiqib oldi. Vahima qilishga hojat yo'q, biz Argentinadan gol o'tkazib yuboryapmiz, Hindistondan emas.

38. Argentinalik futbolchi yigitlarimizning boshini changallaydigan zarba yo'llashiga bir bahya qoldi.

36. Mezbonlar oldinga tashlanishmoqda. Ammo bizning azamatlar bu erga faqat muzqaymoq yalagani kelmaganini ko'rsatib qo'ymoqda.

33. Xoldorxonovning uzatmasidan keyin Abbos Fayzullaevning bosh bilan yo'llagan zarbasiga santimetrlar aniqlik etishmadi. 

29. Argentina darvozasiga penalti belgilandi! VAR vaziyatni ko'rib chiqdi. Ammo penalti bekor qilindi.

27. GOL. Hisob tenglashdi. Alexo Veliz bosh bilan zarba yo'lladi, Boymurodov to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi.

22. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Mahmudjon Mahamadjanov hisobni ochdi! Stadiondan turib baqirib yubordik biz ham! Qolganlar esa darhol bizga qaradi.

21. Mahamadjanov raqibni qoida buzmasdan zarasizlantirdi va Argentina hujumini buzib qo'ydi.

20. Pressing natijasida mezbonlar to'pni yo'qotishdi.

19. Hamyurtlarimiz burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi.

14. Xoldorxonov raqib sovg'asidan unumli foydalana olmadi. Raqib posboni bilan birga-bir vaziyat har doim ham bo'lavermaydi.

14. Mezbonlar tomonidan yurakni hovuchlaydigan hujumlar tashkil etildi.

13. Argentina futbolchisi yillar o'tgach, nabiralariga O'zbekistonga qarshi o'yinda sariq kartochka olganman deya maqtanib yuradigan bo'ldi.

10. Sayyoramizning janubiy-g'arbida joylashgan mamlakatdagi stadionning janubiy-g'arbiy burchagidan amalga oshirilgan mezbonlar standarti muvaffaqiyatsiz chiqdi.

8. Argentinaliklar o'ng qanotdan xavfli hujum tashkillashtirishdi, baxtimizga himoyachilarimiz to'pni qaytardi.

6. Rahmonalievning jarimadan yo'llagan zarbasi o'xshamadi. Hechqisi yo'q, bo'shashmaymiz.

5. Abbos Fayzullaevni to'rt futbolchi qurshab oldi va to'pni ololmagach, qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi.

4. Dastlabki daqiqalarda yigitlarimiz ishonchli harakat qilishmoqda. Stadion to'la muxlislar qarshisida o'zlarini yo'qotib qo'yishmayapti.

Aytgancha, uchrashuv komissari taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev hisoblanadi.

1. Stadionga tashrif buyurgan 30 mingdan ortiq tomoshabin, ekran qarshisida kuzatayotgan va o'qiyotgan (ular orasida siz ham bor) milliard kishi barmog'imdan ham kichikroq bo'lgan buyumning sado berishini kutib turibdi. Uchrashuv boshlandi! Bugun O'zbekistondan Saudiyaning jahon chempionatining ilk turida qilgan ishini kutamiz.


Bugun mezbonlar oq-havorang, vakillarimiz esa to'q ko'k rangli liboslarda harakat qilishadi. 



Jamoalar maydonga chiqib kelishdi, madhiyalar yangradi, undan avval qisqa ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Endi esa nigohimizni o'yinga qaratamiz. O'ylaymizki, bugun hamyurtlarimiz qanday natija qayd etishidan qati nazar ularni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz!

Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosamandlari! Ayni damda Argentinadan turib terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinni matnli translyaciya holatida etiboringizga havola etamiz.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика