So’nggi yangiliklar

07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  0 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  1 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  6 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  11 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  21 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2

U-17 Jahon CHempionatlarining eng yaxshi o'yinchilari hozir qaerda? Yangiliklar

U-17 Jahon CHempionatlarining eng yaxshi o'yinchilari hozir qaerda?

Bugungi kunda Angliya yoshlar va o'smirlar jamoasi yuqori natijalarga erishmoqda.

Jumladan, so'nggi U-17 Jahon CHempionatida AQSH va Braziliya kabi kuchli jamoalar taslim etildi, finalda uchrashuvida  esa Ispaniya termasiga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi — 5:2. Turnirning eng yaxshi o'yinchisi mukofotini esa Filu Foden (“Man Siti”) qo'lga kiritdi. Keling, bu sovringa avval kimlar erishgani va ularning faoliyati qay tarzda davom etganini eslab o'tamiz.

1999 – Lendon Donovan
Musobaqada Braziliya termasi g'alaba qozonganiga qaramay, mukofotga “yangi Ouen” loyiq ko'rildi. Futbol muxlislariga Donovan “Everton”dagi o'yinlari bilan yaxshi tanish. Ingliz klubida u o'z o'rnini topa olgandi va sheriklariga muntazam ravishda golli paslar bera boshlagandi, ammo uning birinchi (va keyinchalik malum bo'ldiki,  so'nggi) jamoasi “Los Anjeles Gelaksi” futbolchini sotishni istamadi. Aniqrog'i ular hujumkor futbolchini osonlikcha qo'yib yuborishni istamadi. AQSH klubi so'ragan pulni esa o'sha vaqtdagi “Everton” to'lab berolmasdi.  

2001 – Floran Sinama-Ponol
9ta gol urib, turnirning eng yaxshi bombardiri bo'lgan Ponol “Liverpul” bilan shartnoma imzolashga muvaffqat bo'ldi. Ammo 2003-yilgacha “Gavr”da ijarada qoldi. Angliyada uning omadi kelmadi: ikki yarim yil ichida “Liverpul”da bor yo'g'i 7ta gol urish, “Blekbern” bilan omadsiz ijara shartnomasi va Ispaniyaga ko'chishga muvaffaq bo'ldi. “Reakrativo”ga o'tish Ponolga omad kaliti bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. U erdagi o'yinlari futbolchiga keyinchalik “Atletiko” eshiklarini ochib berdi. Lekin... U erda ham sportchining ishlari yurishmadi. “Sporting” zahira o'rindig'i, “Saragosa” bilan bo'lgan navbatdagi omadsiz ijara kelishuvidan so'ng, 28 yoshli Sinama-Ponol faqatgina “Rostov”ga kerak bo'ldi, xolos! Hozirda u Tailandda “yo'qotganini qidirib yuribdi”.

2003 – Sesk Fabregas
Finlandiyada bo'lib o'tgan turnirda braziliyaliklar ispanlar ustidan 1:0 hisobda g'alaba qozongan. Lekin sovrin Fabregasga (5ta gol) nasib etgan. O'sha yilning sentyabr oyida “Barcelona” akademiyasidan “Arsenal”ga ko'chib o'tadi. U tinimsiz mehnat evaziga kanonirlarning asosiy yulduziga aylanib, yana “Barcelona”ga qaytib ketdi. U erdagi faoliyati unchalik yomon kechmagan bo'lsa-da, butunlay omadi keldi deyish mushkul vazifa. 2014-yilda yarim himoyachi “CHelsi”ga o'tdi. Ko'p vaqt o'tmay, Evropa va JCHda 2ta sovrinini qo'lga kiritgan.

2005 – Anderson
Qiziq, bu yili Meksika g'alaba qozongan bo'lsa-da, “eng yaxshi o'yinchi” deb braziliyalik Anderson tan olindi. Turnir vaqtida “Gremio” futbolchisi bo'lgan Anderson, bir yildan keyin “Portu” klubiga o'tib ketgan. Portugaliyada ham o'zini ko'rsata olgan futbolchini Ser Aleks “Yunayted”ga taklif qiladi. Erishilgan titullari bilan maqtana olsada, yarim himoyachi “iblislar oilasida” muqim o'ringa ega bo'lolmadi. “Fiorentina” ijara asosida o'tgan vaqtda ham Anderson “ochilib” keta olmadi. Hozirda u 29 yoshda va faqat “Kortiba”ga kerak, xolos!

2007 – Toni Kroos
Toni Kross. Ro'yxatimizdagi eng yaxshi futbolchi chamamda. Turnirdan so'ng darhol “Bavariya” tarkibida debyut qilgan Kross, ko'p vaqt o'tmay, tajriba orttirish uchun “Bayer”ga ijaraga berib yuborildi. “Leverkuzen”da bor qobiliyatini ko'rsata olgani uchun “Bavariya”ga qaytariladi va asosiy tarkibning ajralmas bo'lagiga aylana oladi. CHempionlar Ligasi, Jahon CHempionatidagi zafar, keyinroq CHempionalar Ligasi tarixida ilk bor qatorasiga ikki bor ketma-ket g'alaba qozongan “Real” safida ham Kross asosiy figuralardan edi. Bugungi kunda Modrich bilan birgalikda dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilar juftligini tashkil etmoqda.

2009 – Emmanuel Sani
Xo'sh, endi ro'yxatning eng yaxshi o'yinchisidan eng “yaxshi”siga o'tsak. Nigeriyada bo'lib o'tgan turnirda mezbonlar kutilmaganda finalga etib bordilar,  ammo shvedlarga yutqazib qo'yishdi. Qizig'i, Sani faqatgina final o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushirilgandi. Unga qadar, u o'ziga xos “Sulsher” rolini bajargan — zahiradan maydonga tushar va gol urardi (har 40 daqiqada 1tadan, umumiy hisobda 5ta gol). 2010-yilda “CHelsi” va “Tottenxem”da ko'rikda bo'lgan bo'lsa-da, u bilan faqat “Lacio” shartnoma tuzishga rozi bo'ldi. Biroq, yoshlar jamoasida ham Sani o'ziga joy topolmadi. 2 yildan so'ng “Lacio” futbolchi transfer huquqining teng yarmini “Salernitana”ga sotishga qaror qildi. Hattoki, C2 Seriyasida ham nigeriyalik umidni oqlamadi. Keyinchalik Emmanuel SHvecariya tomon yo'l oldi va “Beytar” tarkibida 24 daqiqa harakat qildi. Professional faoliyati davomida 16 uchrashuvda harakat qilgandan so'ng, o'zi ham tushundi chog'i, 23 yoshida faoliyatini tugatib qo'ya qoldi.        

2011 – Xulio Gomes
Meksika oltin medallarga ega chiqqan, Xulio Gomes esa jamoaning asosiy o'yinchilaridan hisoblanardi. 16 yoshida “Pachuka”da debyut qilgan, yarim final uchrashuvida Germaniya darvozasini ikki bor ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan Gomesning faoliyati Saninikidan unchalik omadli bo'lgani yo'q. “Pachuka” safida 9 o'yin, Meksikaning boshqa divizion jamoalariga qator ijaralar... Uning transfer huquqi hamon “Pachuka”ga tegishli, ammo chinakamiga professional, katta futbolda uni ko'rmaymiz, chog'i.

2013 – Kelechi Ixeanacho
Nigeriya yana bir bor o'smirlar JCHsida zafar quchdi. Kelechi bo'lsa, ko'plab Evropa klublarining etiborini o'ziga qarata oldi. Forvard uchun bo'lgan kurashda “Man Siti”ning qo'li baland keldi. Ixeanacho “Manchester”da 2ta mavsumni yomon o'tkazmagan. Zaxiradan maydonga tushgan, gollar kiritgan. SHu bilan birga “Tilla bola” sovrinini qo'lga kiritgan. Ammo Gvardiola Kelechining imkoniyatlarini biroz past darajada baholadi shekilli, uni “Lester”ga 25mln funt evaziga sotib yubordi. Ammo APLning 2016 yilgi mavsum chempionlari safida o'zini ko'rsatishga ulgurmadi.

2015 – Kelechi Nvakali
Bu yil ham yana hamma narsa o'z qolipida qolgan nazarimizda. Turnir Nigeriya g'alabasi bilan yakunlangan. Kelechi ismli yigit esa Angliyaga, “Arsenal” klubiga yo'l oladi. Ammo bu safar yosh iqtidor sohibi yosh futbolchilar uchun trampolin vazifasini o'tovchi gollandiya chempionatida - VVV-Venlo sharafini himoya qilmoqda.

2017 – Fil Foden
Fil turnir finalida 2ta gol urib, ingliz matbuotchilarining etiboriga tushgan.
Pep Gvardiola Fodenni juda qobiliyatli ekanligini bir necha bor takidlab o'tdi. Ko'ramiz, Fil yangi Ueyn Runi bo'larmikin, yoki shunchaki Djozi Baksterga o'xshab qoladimi.

2019 - Gabriel Veron

2019 yil Braziliyadagi o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida mezbonlar chempionlikni o'zida olib qolgandi. Mazkur jamoa safida Gabriel Veron ko'zga tez tashlangan. U turnirda 3ta gol muallifiga aylangandi. Veron o'tgan mavsumda Portugaliyaning "Portu" jamoasiga ko'chib o'tdi. 

P.S: 2021 yilgi Perudagi U-17 Jahon chempionati kovid pandemiyasi sabab bekor qilingandi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика