"U bunga loyiq emasdi" - "Barselona" sobiq ustozi Valverdening yonini oldi
14 jan 2020 11:53
Yangiliklar
"U bunga loyiq emasdi" - "Barselona" sobiq ustozi Valverdening yonini oldi
Uning fikricha, murabbiy Kataloniya jamoasi bilan katta natijalarga erishgan. Reksachning fikricha, Valverdening istefoga chiqarilishi adolatsizlikdir.
"Qarorlar doim jamoa murabbiylari tomonidan qabul qilinadi, muvaffaqiyatsizlik uchun esa o'yinchilarning o'zlari aybdorlar. Valverde har qanaqasiga bunga loyiq emasdi. U ajoyib inson va haqiqiy professional.
U jamoa bilan ikki bor La Ligani yutdi. Uning uchun muvaffaqiyatsiz tugagan o'yinlar - CHempionlar Ligasidagi "Liverpul" va "Roma"ga qarshi o'yinlar bo'ldi. Menimcha, "Barsa" bu borada nohaq", - deydi Reksach.
Avvalroq, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyligidan Ernesto Valverde olinib, uning o'rniga Kike Seten tayinlangan edi.
Eslatib o'tamiz, Reksach "Barselona" tizimida 1983-2002 yillarda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. U futbolchilik faoliyati davomida 1967-1981 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar