So’nggi yangiliklar

22:00А Серия. "Ювентус" "Удинезе" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:57АПЛ. "Ливерпуль"дан камбэк, "Ман Сити" эса меҳмонда мағлубиятга учради  9 21:41ЦСКА — "Спартак". Файзуллаев Москва дербисини асосий таркибда бошлайди  0 21:00Лига 1. "Ланс" ва Ҳусанов Парижда ПСЖ меҳмони бўлмоқда, ҳисоб 4-дақиқадаёқ очилди (онлайн ҳисоб)  28 20:34"Ювентус" тўрт футболчига қизиқиш билдирмоқда, улар орасида ПСЖ аъзоси ҳам бор  0 19:37"Локомотив" - "Рубин". Ашурматов асосий таркибда  0 19:27АПЛ. "Арсенал" мағлубиятга учради  9 19:25Денис Коростиченко: "Кетма-кет иккинчи ўйинда бир хил хато туфайли гол ўтказиб юборяпмиз"  0 19:18"Ливерпуль" - "Брайтон", "Борнмут" - "Манчестер Сити" учрашувлари учун асосий таркиблар эълон қилинди  8 19:16Суперлига. "Динамо" супер ва автоголлар эвазига "Қизилқум"ни мағлуб этди  9 18:39Сергей Лушчан: "Футболчи индивидуал хатога йўл қўйяптими, демак унинг маҳорати бўйича саволлар бор. Мақсадлар масаласи бўйича муваффақиятсиз мавсум бўлгани аниқ"  5 17:28U19 чемпионати. "Пахтакор" 3 дақиқада киритилган 2та гол эвазига чемпион бўлди  8 17:11Суперлига. "Олимпик" - "Навбаҳор" 1:2  0 16:54Суперлига. Жамшид Болтабоевнинг дубли "Навбаҳор"га "Олимпик" устидан ғалаба келтирди  11 16:33Эшитдик-да! "Истиқлол" - "Пахтакор" ўйини нейтрал давлатда эмас Эронда бўлади  4

"U-23 Osiyo kubogida O'zbekiston ikki yosh kichik futbolchilar bilan o'ynashida hech qanday muammo ko'rmayapman". Otabek G'ulomxo'jaev bilan suhbat Yangiliklar

"U-23 Osiyo kubogida O'zbekiston ikki yosh kichik futbolchilar bilan o'ynashida hech qanday muammo ko'rmayapman". Otabek G'ulomxo'jaev bilan suhbat

Yurtimiz yashil maydonlari mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo kubogi startiga bir necha kun qoldi.

Timur Kapadze ustozligidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi yani mazkur avlod vakillari uchun bu ilk Osiyo chempionati hisoblanadi. Bunga o'smirlar o'rtasidagi qita musobaqasiga chiqa olishmagan bo'lsa, keyingi yosh toifasidagi turnir pandemiya sabab qoldirildi. Xo'sh, bu safar ulardan nima kutamiz? SHu kabi savollar bilan yoshlar murabbiyi, o'z vaqtida ushbu terma jamoada faoliyat olib borgan Otabek G'ulomxo'jaevga yuzlandik.

- Bo'lajak Osiyo Kubogidan nimalar kutyapsiz?

- Musobaqaning O'zbekistonda o'tishi futbolga befarq bo'lmagan ko'p sonli muxlislarimiz uchun bayram hisoblanadi. O'ylaymanki, ular jamoamizni yolg'izlatib qo'yishmaydi. Har bir o'yindan keyin xursand bo'lib ketishadi. O'zimizning yigitlardan albatta yaxshi natija kutamiz. Yanada yangi nomlar chiqishiga ishonaman. Har tomonlama o'zlarini ko'rsatishadi. Bu terma jamoaga befarq emasman. Ayni paytda Osiyoda futbol rivojlanayotganini hisobga olsak, syurpriz ko'rsatadigan terma jamoalar ham chiqishi mumkin.

- Tarkibdagi qaysi futbolchilar o'zlarini yorqin namoyish eta olishadi deb o'ylaysiz?

- Bilasizmi, qaysidir futbolchini ko'rsata olmayman. CHunki, ularning 90 foizini bilaman. Futbolchilarning har biri yorqin o'yin ko'rsatishiga ishonchim komil. Yaxshi tilaklar bildiraman. Etakchi o'yinchilar bunday musobaqada katta sahnaga chiqadi. Misol uchun, Jasur Jaloliddinov, Xojimat Erkinov, Ibrohim Halil Yo'ldoshev, Husayn Norchaev. Qaysi birinidir aytmaslik men uchun og'ir. Har bir yigit maksimal darajada imkoniyatini ishga soladi.




- Tarkib qanchalik o'zgargan?

- Bu terma jamoadan 2019 yil ketgan bo'lsam, deyarli barcha yigitlar chaqirilgan. Murabbiylik faoliyatimda chaqirilmagan futbolchilar sanoqligina. Darvozabon Vladimir Nazarov, himoyachilaridan Muhammadqodir Hamraliev, Abubakr Ashurov, yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev, hujumchi Muhammadali G'iyosov. Hozirgi kundagi shu yosh toifasidagi eng optimal 30 nafar futbolchini jalb qilingan. Bu - to'g'ri. Sog'lom raqobat yuzaga keladi.

- Darvoza chizig'imiz haqida qanday fikrdasiz?

- Tan olib aytish kerakki, terma jamoadagi darvozabonlar Vladimir Nazarov, Hamidullo Abduhamidov, SHukron Yuldashevni yorqin kelajak kutmoqda. Sekin asta Superligada ko'zga ko'rinib borishyapti. SHukronga kam imkoniyat berilyapti. Timur Kapadze klubda uchalasiga imkoniyat berishga harakat qilyapti. Abduvohid o'sha paytdayoq "Nasaf"da yosh bo'lishiga qaramay o'z o'rnini topishni boshlagandi. Istaymizmi, yo'qmi bu terma jamoani asosiy posboni Abduvohid. Unda tajriba katta. OCHLda, Superligada ko'rdikki, o'ziga bo'lgan ishonch yuqori. Bo'shashishmasin, lekin darvoza chizig'idan ko'nglim to'q.

- Qozog'istonda o'ynayotgan Odilbek Abdumajidov terma jamoada asosiy tarkibga loyiqmi?

- CHetdan turib hech narsa deya olmayman. Hisoblasak, 11 nafar himoyachi, 5 nafar markaziy himoyachi chaqirilgan. Agarda nooloyiq bo'lganda kengaytirilgan tarkibga kirmasdi. Barcha futbolchilar maksimal darajada o'zini ko'rsatishga urinib ko'radi. Odilbekni loyiq yoki loyiq emasligini murabbiy mashg'ulotdan, jarayondan kelib chiqib belgilaydi. "Ordabasi"da o'ynayapti, optimal formadi. Aytganimdek, hammasini murabbiy hal qiladi.



- Jamoamiz raqiblardan 2 yoshga kichikligi qanchalik tasir qiladi deb o'ylaysiz?

- Mana shu jihatga qo'shilmayman. Qaysi manoda, ular 22-23 yosh deylik. Biznikilar 20, 21. Men bu ikki yosh toifasida qandaydir tafovut bo'ladi, demayman. Bu narsa tasir qilmasligi kerak. Jasur Jaloliddinov bir necha yil oldin Superligada 30, 35 yoshli futbolchilarga qarshi o'ynadi. Husayn Norchaev OCHLda qanday jamoalar bilan o'ynadi? Tasir qiladi, deb o'ylamayman. Agarda tasir qilganida, 1999-2000 yilda tug'ilgan futbolchilar o'ynashi kerak bo'lardi. Bu ham yaxshi avlod edi. Boshida Ravshan Haydarov shakllantirayotgandi. Osiyo chempionatiga 21 yoshlilarni olib borishdan maqsad, 2 yildan keyin bo'ladigan Osiyo kubogiga tajriba to'plash bo'lsa kerak. Yoshdagi farq katta rol o'ynamaydi. 19 yoshlilarni turnirida 17 yoshli futbolchi o'ynasa boshqa gap edi. Muammo ko'rmayapman.

- Hozir yig'inda yo'q futbolchilardan kimlar terma jamoani kuchaytira olardi deb hisoblaysiz?

- Bu yosh toifasidagi eng optimal formadagilarni chaqirgan. Kuzatib borayotganlarim ichida, bu futbolchilardan ham yoshrog'i bor. "Bunyodkor" yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev. Lekin jarohati bor ekan. U ham yordam berardi, deb o'ylayman. Himoya chizig'iga esa Belarus chempionatining "Energetik-BGU" jamoasida to'p tepayotgan 2004 yilda tug'ilgan Abduqodir Xusanov ham bor. Har birining klubidagi o'yinlaridan kelib chiqib aytyapman. Abduqodir hozirgi holatda raqobatlasha olardi. Jamoaga yaxshi moslashib ketadi. Bilishimcha u Ravshan Haydarov boshchiligidagi yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan.

SHu o'rinda o'tganlarni xudo rahmat qilsin, marhum Diyor Rahimqulovni yodga olmasak bo'lmaydi. Terma jamoa, Diyor men uchun yurakka yaqin. Uning qadri boshqacha edi. Yigitlarga omad tilayman. Diyorni ruhi shod bo'lsin. Futbolchilar har bir g'alabani do'stining ruhi uchun bag'ishlashadi, degan umiddaman. Bu jamoada muhit uchun zo'r futbolchilar yig'ilgan. O'zbekistonning eng yaxshi avlodi hisoblanishadi. Jamoada etakchilar juda ko'p. Ular ortidan ergashtira oladi. Saudiya Arabistonida bir kishi kam bo'lib o'ynaganida bir-birini qo'llab-quvvatlaganini ko'rdim. Diyor Holmatov, Jasur Jaloliddinov, Xojimat Erkinov. Futbolda shunday gap bor, yarim himoyangni ko'rsat, men jamoangni ko'rib olaman. Hujum chizig'i ham zo'r. Otabek Jo'raqo'ziev, Ruslan Jiyanov, Ulug'bek Hoshimov. Ular ko'p narsalarga qodir.




Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика