U-23 Osiyo Kubogi. Eng yosh futbolchimiz nima dedi?
16 iyu 2022 03:12
Yangiliklar
U-23 Osiyo Kubogi. Eng yosh futbolchimiz nima dedi?
23 yoshga bo'lgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilayotgan qita kubogining 2-yarim finali ham ortda qoldi.
Unda O'zbekiston olimpiyachilari Yaponiyani mag'lub qilishdi (2:0). Uchrashuvdan keyin jamoamizning eng yosh futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning fikrlariga quloq tutdik.
— Assalomu alaykum! Ajoyib oqshom bo'ldi. Bu g'alaba butun o'zbek xalqiniki. Fursatdan foydalanib, Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanidagi barchani tabriklayman. G'alaba Allohdandir. Qiyin bo'lishini bilardik. Lekin jamoaviy o'yin ko'rsatganimiz tufayli Yaponiyani ortda qoldira oldik.
Fikrlar