U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi taqvimi elon qilindi
22 may 2017 15:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/254899_original.jpg)
![](/upload/storage/254899_220.jpg)
U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi taqvimi elon qilindi
BAA mezbonlik qiladigan mazkur guruhdan O'zbekiston, Livan va Nepal yoshlari joy olgan.
“D” guruhi uchrashuvlari 15–19 iyul oralig'ida bo'lib o'tishi belgilandi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa dastlab Livan yoshlariga qarshi bahs yuritadi. Keyingi raqib Nepal bo'ladi. Nihoyat, so'nggi bellashuv maydon egalari – BAA yoshlariga qarshi kechadi.
Osiyo chempionatiga saralash o'yinlarining barchasi Al-Ayn shahridagi Tahnoun Bin Mohamed Stadium maydonida bo'lib o'tadi.
U-23 Osiyo chempionati saralashi
15–19 iyul kunlari
BAA, Al-Ayn shahri
15 iyul, shanba
19:25 BAA – Nepal
22:15 O'zbekiston – Livan
17 iyul, dushanba
19:25 Nepal – O'zbekiston
22:15 Livan – BAA
19 iyul, chorshanba
19:25 BAA – O'zbekiston
22:15 Livan – Nepal
Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar