U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichi O'zbekistonda o'tkaziladi
18 okt 2021 21:37
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichi O'zbekistonda o'tkaziladi
Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o'zining telegram kanalida U-23 Osiyo chempionatiga saralash "D" guruhi o'yinlari O'zbekistonda o'tkazilishini malum qildi.
Avvalroq Alisher Nikimbaev saralash o'yinlari O'zbekistonda o'tkazilishi mumkinligini malum qilgandi. Mutaxassis Kuvayt futbol associaciyasi saralash bosqichini qabul qila olmasligini malum qilgan hamda ushbu turnir Toshkentda bo'lib o'tishi mumkinligini takidlagandi.
SHuningdek, Nikimbaev musobaqaning dastlabki o'yinlari 27 oktyabr sanasida o'tkazilishini aytib o'tdi. Oldinroq bahslar 25 oktyabrda boshlnishi kerak edi.
Eslatib o'tamiz, ushbu guruhdan O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Quvayt jamoalari o'rin olgan. Unda Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi qatnashadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar