So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

U-23 Osiyo chempionati. Ravshan Haydarov OFK saytiga intervyu berdi Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. Ravshan Haydarov OFK saytiga intervyu berdi

Xabaringiz bor, 9 yanvar kuni OFK tarixida uchinchi marta tashkil etilayotgan U-23 Osiyo chempionati start oladi. Bu galgi musobaqaga Xitoy mezbonlik qiladi.

Ayni paytda O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyning Guangjou shahrida bo'lib turibdi va guruh o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Futbolchilarimiz 9 yanvar kuni Qatarga qarshi o'yin bilan Osiyo chempionatini boshlashadi. Esingizda bo'lsa, iyulda bo'lib o'tgan saralash bosqichi biz uchun omadli kelib, vakillarimiz har uchala raqib - Livan, Nepal va BAAni mag'lub etgan holda birinchi o'rin bilan musobaqa yo'llanmasini qo'lga kiritishgandi.

Endilikda hammamiz shu yigitlardan chempionatda ham ijobiy natija kutmoqdamiz. Jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov musobaqa oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berib, quyidagi fikrlarni bildirdi:

- "Saralashdagi muvaffaqiyatni musobaqaning final bosqichida ham davom ettirishni xohlaymiz. Bizning maqsad faqat ijobiy natija bilan uyga qaytishdir. Saralashdan beri jamoa ancha o'sdi va buni o'yinlar orqali ko'rsatmoqchimiz".

Malumki, ikki yil avvalgi musobaqani O'zbekiston ikkita mag'lubiyat bilan boshlagan. Qatarda o'tgan aynan shu musobaqada Qatar yakunda to'rtinchi o'rinni olgan. Ravshan Haydarov masalaning shu jihatiga ham etibor qaratdi:

- "Birinchi o'yin har doim muhim bo'lib kelgan. Qatar o'ziga yarasha shakllangan jamoa, lekin biz ham qarab turmaymiz. O'ylaymanki, bu o'yinda g'alaba biz tomonda bo'ladi. Murabbiy sifatida ushbu musobaqada g'olib chiqa olishimizni sezyapman va buning uchun bor kuchni ishga solamiz".

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика