So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

U-23 Osiyo chempionati. Kelasi yil yurtimizga tashrif buyuradigan jamoalar 5taga etdi Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. Kelasi yil yurtimizga tashrif buyuradigan jamoalar 5taga etdi

Xabaringiz bor, 2022 yilning 1-19 iyun kunlari O'zbekiston navbatdagi U-23 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

SHu kunlarda Osiyo qitasi bo'ylab ushbu musobaqa uchun markazlashgan tartibdagi saralash bahslari bo'lib o'tmoqda. Yaponiya yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatiga birinchi bo'lib yo'llanmani naqd qilganini aytib o'tgandik. 

Hozirgi paytga kelib Yaponiya U-23dan tashqari yana to'rtta jamoa U-23 Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bular - Quvayt, BAA, Avstraliya va Malayziya.

Timur Kapadze boshqaruvidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentda bo'lib o'tayotgan saralash bosqichida konkursdan tashqari qatnashayotganini yaxshi bilasiz. Vakillarimiz dastlab Saudiya Arabistoni bilan 2:2 hisobini qayd etib, so'ngra Bangladeshni 6:0 hisobida mag'lub etishdi. Futbolchilarimiz oxirgi turni 2 noyabr kuni guruh peshqadamligini qo'lga kiritgan Quvaytga qarshi o'tkazishadi. 

"Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuv soat 15:00da boshlanadi. Quvayt o'tgan tur Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida mag'lub etganini hisobga olsak, yoshlar terma jamoamizni yana bir qiziqarli bahs kutmoqda.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика