So’nggi yangiliklar

12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  0 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  0 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  4 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  5 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  11 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  6 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  5 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3

U-23 Osiyo chempionati. Dastlabki raqibimiz Eron haqida nimalar bilishimiz lozim? Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. Dastlabki raqibimiz Eron haqida nimalar bilishimiz lozim?

8 yanvar kuni Tailandda U-23 Osiyo chempionati boshlanadi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqani 9 yanvar kuni Eronga qarshi bahs bilan boshlaydi. O'quvchilarimizning etiboriga dastlabki raqibimiz haqida malumot beramiz. 



2018 yilning aprel oyida xorvatiyalik taniqli mutaxassis Zlatko Kranchar Eron olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Krancharni ko'pchilik 2006 yil Germaniyada o'tgan Jahon chempionati orqali yaxshi taniydi. O'shanda u Xorvatiya terma jamoasini mundialga olib chiqqan hamda Jahon chempionatida uchta o'yinda bosh murabbiy sifatida ishlagan edi. Kranchar boshchiligidagi Xorvatiya Braziliyaga yutqazgan (0:1), Yaponiya (0:0) hamda Avstraliya (2:2) bilan o'yinlarda durang qayd etib guruhda uchinchi bo'lgandi.

Kranchar boshchiligida Eron olimpiyachilari 2019 yilni Qatardagi o'rtoqlik musobaqasi bilan boshlagandi. Doxadagi musobaqaning ilk turida forslar Tojikistonga 1:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. Keyin Kuvayt 5:0 hisobida tor-mor etildi va Qatar 2:1 hisobida mag'lub etildi.

SHu yilning mart oyida Eron Tailanddagi Osiyo chempionatiga saralash bahslarini o'z maydonida o'tkazdi. Saralashdan oldin Tehronda Suriya olimpiyachilar bilan o'rtoqlik uchrashuvida Kranchar shogirdlari 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.



Saralashning o'zida Turkmaniston (3:1) va Yaman (3:0) mag'lub etildi. So'nggi turda Iroq bilan durang qayd etgan (0:0) Eron, guruhda Iroq bilan 7tadan ochko to'plab Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Biroq Eron futbol Federaciyasi rahbariyati jamoaning saralash bahslarida namoyish etgan o'yinidan qoniqish hosil qilmadi va 2019 yil may oyi boshida Zlatko Krancharni o'z lavozimidan chetlatdi.

Uning o'rniga eronlik Farhod Majidi tayinlandi. Ushbu murabbiy boshchiligida forslar sentyabr oyiga kelibgina o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Yodingizda bo'lsa O'zbekistonda mehmon bo'lgan Eron U-23 terma jamoasi Olmaliq va Toshkentda ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazgandi. Olmaliqdagi uchrashuvda forslar 0:1, Toshkentda 1:4 hisobida mag'lub bo'lishgandi.



SHu sababli bo'lsa kerak oktyabr oyi boshida Eron FF Farhod Majidini ham ishdan bo'shatdi. Uning o'rnini Eron terma jamoasi sobiq futbolchisi, 1998 yil Franciyada o'tgan Jahon chempionatida AQSH terma jamoasiga gol urgani bilan barchaning yodida qolgan Hamid Estili egalladi.

Oktyabr oyida Estili boshchiligidagi Eron olimpiyachilari Qatarda Avstraliya olimpiyachilari bilan kuch sinashishdi va 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Noyabr oyidagi FIFA kunlari vaqtida Eron U-23 Indoneziyada yig'in o'tkazdi va mahalliy olimpiya terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. Ilk uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi, ikkinchi bahsda esa Eron 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi hamda tanqidlar ostida qolib ketdi.

Noyabr oyi so'nggida Estili jamoasi yana Doxada Qatar U-23 bilan o'yin o'tkazdi. Bu safar ham forslar mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi (1:2).



15 dekabr kuni Hamid Estili mahalliy jurnalistlarga bergan intervyusida U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'ngildagidek ketmayotgani haqida keskin gapirdi.


- "SHanba kuni mashg'ulotlarni boshladik, lekin mashg'ulotdan umuman ko'nglim to'lmayapti, chunki barcha futbolchilar safimizga kelib qo'shilgani yo'q. Federaciya bilan og'zaki kelishuvga ko'ra Eron chempionati vaqtincha to'xtatib turilishi lozim edi, lekin unday bo'lmadi. O'yinlar hamon davom etyapti. Buning ustiga "Istiqlol" va "Sepaxon" o'z o'yinchilarini terma jamoaga qo'yib yubormadi".

- "20 dekabr kuni Dohaga uchishimiz kerak, lekin tarkibimiz to'liq emas. O'ylaymanki, Eron futbol federaciyasi vaziyatni to'g'ri tushungan holda tayyorgarlik dasturimizga o'zgartirish kiritadi. Biz juda kuchli guruhdan joy olganmiz. Yaxshi natija ko'rsatish uchun shunga yarasha tayyorgarlik ko'rish kerak. Hozir barcha jamoalar to'liq tarkib bilan shug'ullanyapti, biz esa muammolar girdobidamiz", - degandi Estili.



Dekabr oyining so'nggi 10 kunligida Eron olimpiyachilari yana Doxada yig'in o'tkazishdi. Ushbu yig'in davomida Qatar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi va 2:2 hisobi qayd etildi. Mazkur bahsdan keyin bosh murabbiy shunday dedi:

"Biz yaxshi o'yin o'tkazdik. Qatar bilan kechgan uchrashuv biz uchun o'ziga xos dars bo'ldi. Bu o'yin orqali biz O'zbekiston U-23 terma jamoasiga qarshi bahs oldidan futbolchilarni sinovdan o'tkazib oldik".

"Qatarga qarshi ham hujumkor, ham himoyaviy futbol namoyish etdik. O'yinda Qatarning ikki futbolchisiga qizil kartochka berildi, lekin biz ularning maydondan chiqib ketmasligini xohladik. Maqsadimiz Qatarning to'liq tarkibiga qarshi o'z kuchimizni tekshirib olish edi".



2 yanvar kuni Eron olimpiyachilari Tailandga uchib borishdi.

Eron terma jamoasining U-23 Osiyo chempionatida qatnashadigan futbolchilari orasida ikki nafar legioner bor. Yarim himoyachi Mehdi Mehdixani Xorvatiyaning "Varazdin" klubida faoliyat olib bormoqda. Bu mavsum Mehdixani Xorvatiya oliy ligasida 10ta o'yinda maydonga tushdi.

Hujumchi Ollohyor Sayyadmanesh Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi azosi hisoblanadi. Mavsum boshida u birinchi liganing "Istanbulspor" klubiga ijaraga berilgan. Hozirga qadar Ollohyor 7ta o'yinda maydonga tushib gol ura olmadi.


Eronning U-23 Osiyo chempionati uchun yakuniy ro'yxati:


Darvozabonlar - Meraj Esmaeli ("Zob Ahan"), Habib Abbasifar ("Naft Masjed"), Mehdi Nurollahi ("Saypa").

Himoyachilar - Mehran Deraxshan ("Zob Ahan"), Omid Nurafkan ("Sepaxon"), Aref Agxasi ("Fulad"), SHahin Taherxani ("Istiqlol"), Mojtaba Najjarian ("Fulad"), Xosseyn Saki ("Sanat Naft"), Matin Karimzoda ("Pars Jonubi").

Yarim himoyachilar - Amirhosseyn Hosseynzoda ("Saypa"), Jafar Salmani ("Sanat Naft"), Sina Zamehran ("SHahr Kodro"), Muhammad Xodabandehlo ("Paykan"), Mehdi Mehdixani ("Varazdin", Xorvatiya), Reza Dehgani ("Nassaji").

Hujumchilar - Mohammad Mohebbi ("Sepaxon"), Mehdi Gaedi ("Istiqlol"), Reza Jabireh ("Sanat Naft"), Ali SHojayi ("Nassaji"), Amir Rustayi ("Persepolis"), Reza SHekari ("Traktor"), Ollohyor Sayyadmanesh ("Istanbulspor", Turkiya).




Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика