So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  55 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  1 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  9 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  7 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  20 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  4 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  7 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  4 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  42 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

U-23 Osiyo chempionati. O'zbekiston yarim finalda, olimpiadaga bir qadam qoldi Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. O'zbekiston yarim finalda, olimpiadaga bir qadam qoldi

U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi BAA va O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

U-23 Osiyo chempionati
CHorakfinal
BAA - O'zbekiston 1:5

Gollar: Zayid Abdulla Al Amiri (13) - Ilhom Alijonov (15), Islom Qobilov (25), Oybek Bozorov (41), Jasur Yaxshiboev (84), Nurillo To'xtasinov (90+3)

19 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 18:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam:
Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: SHi Siang va Kao Yi (ikkisi Xitoy)
To'rtinchi hakam: Ma Ning (Xitoy)
VAR hakami: Robert SHon Evans (Avstraliya)
VAR yordamchi hakamlari:
Jeyms Kristofer Bit (Avstraliya) va Adham Muhammad Mahadmeh (Iordaniya)

BAA: 1.Muhammad Al SHamsi, 3.Muhammad Ali Al Mahri, 5.Xalifa Muborak Al Hammadi, 6.Majid Ibrohim Salim, 7.Zayid Abdulla Al Amiri, 9.Ali Solih Amro, 13.Abdalla Ramazon Bekxit, 15.Xalfan Hassan Al Hamadi, 16.Yahyo Nodri El SHarif, 18.Majid Rashid Al Mehrzi, 23.Sayid Ali Suvaydan.
Zaxira: 2.Hamdan Nosir Al Baroud, 4.Mohamad Omar Al Attas, 8.Tahnun Hamdan Al Zaabi, 10.Jassim Yoqub Al Balushi, 11.Muhammad Rashid Al Hammadi, 12.Xolid Ibrohim Al Danxani, 14.Abdulrahmon Solih Hamis, 17.Xolid Abdulrahmon, 19.Ali Eyd Al Yahyo, 20.Yahyo Ali Gassani, 21.Eyd Hamis Al Nuami, 22.Abdulrahmon Al Amiri.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.
Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.SHarof Muxitdinov, 8.Nurillo To'xtasinov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov.


O'YIN YAKUNLANDI.

90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOL!!! Nurillo To'xtasinov jamoamizning beshinchi golini ham urdi. Jasur Yaxshiboevning ajoyib o'yinidan so'ng "Bunyodkor" o'yinchisi qulay vaziyatdan foydalandi. 1:5 (!)

90+2. Qo'shimcha daqiqalarda ham vakillarimizning ustunligi ko'zga tashlanmoqda. O'yin taqdiri hal!

90. Uchrashuv bosh hakami Fu Ming ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi.

88. Vakillarimiz safida o'zgarish: Dilshod Saitov Hojiakbar Alijonovni almashtirdi.

87Xavfli vaziyat! Nurillo To'xtasinovning zarbasiga aniqlik etishmadi, aks holda jamoamiz 5-golga yaqin kelgan edi.

84. GOOOOOOOOOOOOOOL!!! Jasur Yaxshiboev o'yinga nuqta qo'ydi. To'xtasinovning pasidan so'ng Yaxshiboev birga-bir vaziyatda to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

O'zbekiston yarim finalga yo'l olmoqda. Olimpiyachilarimiz yarim finalda saudiyaliklarga qarshi bahs olib borishadi.

81. Uxxxx!! Hojiakbar Alijonovda gol urish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga kelgan edi. Jarima maydonchasi ichida darvozani nishonga olgan "Paxtakor" futbolchisining zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

79. BAA olimpiya terma jamoasi ham biroz "jonlandi". Ular ham darvozamiz oldida xavfli vaziyat uyushtirishga urinishmoqda.

77. Drulovich maydonga Doston Ibragimovni tushirdi, u Sanjar Qodirqulovni almashtirdi.

73. Navbatdagi sariq kartochka Husniddin Aliqulovga ko'rsatildi.

71. Xavfli vaziyat!!! Yaxshiboev! Raqiblarini aldab jarima maydonchasi ichiga kirib borgan o'yinchimiz to'pni sheriklaridan biroz qizg'andi va o'zi zarba berdi. Ammo, uning tepgan to'pini Muhammad Al SHamsi bir amallab darvoza chizig'i ustidan qaytarib qoldi.

71. Raqiblarimiz safida so'nggi o'zgarish: Yahyo Ali Gassani Majid Ibrohim Salimni almashtirdi.

70. O'yin biroz sokinlashdi. Bu esa faqat O'zbekiston foydasiga. Ammo, shunda ham vakillarimiz to'p bilan ko'proq muomala qilishmoqda.

66. Futbolchilarimizga qarshi navbatdagi qo'pollik ishlatildi. Abdulla Abdullaev bu vaziyatda jiddiy jarohat olishi hech gap emas edi. Ali Solih Amro esa sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

64. O'yin qahramoni zaxiraga olinmoqda. Ha, Oybek Bozorovning o'rniga maydonga Nurillo To'xtasinov tushirildi.

63. BAA futbolchilari o'z jarima maydonchalari ichida qo'l bilan o'ynashgandek tuyuldi. Vakillarimiz ham bu haqda hakamga murojaat qilishdi. Ammo, Fu Ming jim.

61. Zarbalar berish bo'yicha ustunlik ham vakillarimiz tomonida: 8-12

57. O'zbekiston ayni paytda qarshi hujumlarga ko'proq etibor bermoqda. BAA olimpiyachilari hujumga o'tishga majbur va tabiiyki qarshi hujumda jamoamiz uchun qulay imkoniyat yuzaga keladi. Ammo, raqiblarimiz butunlay hujumga ham o'tib ketmayapti.

Qobilov musobaqa to'purarlariga etib oldi

52. Aziz G'aniev standart vaziyatdan darvozani nishonga olib ko'rdi. "Nasaf" o'yinchisining zarbasi kuchli chiqmagani bois darvozabon uni egallab olishda qiyinchilikka duch kelmadi.

50. Majid Rashid Al Mehrzining qo'polligi uchun hakam uni sariq kartochka bilan "siyladi".

49. Vakillarimiz ikkinchi bo'limni ham ishonchli tarzda boshlashmoqda. Vaziyatlardan birida Hojiakbar Alijonovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Raqib unga qarshi juda qo'pol harakat qilgan edi.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtak chalindi. 

- Ikkinchi bo'lim arafasida BAA olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi bir yo'la ikki o'zgarishga qo'l urdi. Mohamad Omar Al Attas Majid Ibrohim Salimni almashtirgan bo'lsa, Xalfan Hassan Al Hamadini o'z o'rnini Jassim Yoqub Al Balushiga bo'shatib berdi.

BAA U-23 - O'zbekiston U-23 o'yinidan olinayotgan suratlarni tomosha qiling

TANAFFUS

45+2. Uxxxx! Yaxshiboevning burchak zarbasidan so'ng oshirgan to'pini Abduholiqov boshi bilan darvozaga yo'lladi. Ammo, Muhammad Al SHamsi ajoyib seyv ijro etdi.

45. O'yinning bosh hakami Fu Ming birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi.

41. GOOOOOOOOLLLL!! Ajoyiiiibbbb goooll! Oybek Bozooorov! Yarim himoyachimizning uzoq masofadan bergan zarbasi darvoza to'ridan joy oldi. Muhammad Al SHamsi esa golni yaqin masofadan tomosha qilishga muvaffaq bo'ldi) Super gol!

- O'yindagi gollarni "Telegram"dagi kanalimizda ko'rishingiz mumkin. VIDEONI KO'RISH

36. Abdalla Ramazon Bekxit standart vaziyatdan zarba berib ko'rdi, ammo darvozabonimiz bu vaziyatda ishonchli harakat qildi..

35. O'yin bo'yicha ham, to'pga egalik qilish bo'yicha ham O'zbekiston ustunlik qilmoqda: 44%-56%. Ammo erkinlikka berilish kerak emas.

30. Xavfli vaziyat! Uchinchi golni urishga yaqin kelgan edik. Bobir Abduholiqovning zarbasidan so'ng Muhammad Al SHamsi to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi, ammo o'z xatosini qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

29. Uxxxx! Aziz G'anievning qanotdan uzatib bergan to'pini Bobir Abduholiqov darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, ammo noaniq.

25. GOOOOOOLL!!!! Islom Qobilov penaltini aniq ijro etgan holda, jamoamizning hisobda oldinga chiqib olishini taminlamoqda. 1:2 (!)

25. Hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatmoqda. Terma jamoamiz tez orada hisobda oldinga chiqib olishi mumkin.

21. Oybek Bozorov jarima maydonchasi ichiga kirishga urinib ko'rdi, ammo raqiblar qo'pollik ishlatganday tuyuldi. Hakam esa VARga murojaat qilmoqda. Kutamiz.

15. GOOOOOOOOOOOOOOL!!! Qoyil! Oybek Bozorovning pasidan so'ng Ilhom Alijonov jarima maydonchasi yaqinidan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Tezkor javob! 1:1

13. GOOL! BAA olimpiya terma jamoasi o'yinchilari hisobni ochishdi. Majid Ibrohim Salimning ajoyib pasidan so'ng Zayid Abdulla Al Amiri mukammal zarbasi bilan darvozabonimizni dog'da qoldirdi.

11. BAA olimpiya terma jamoasi o'yinchisi Abdalla Ramazon Bekxitga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

9. Jasur Yaxshiboev xavfli vaziyat uyushtirishga urinib ko'rdi. Avvaliga bitta o'yinchini aldab o'tgan futbolchimiz jarima maydonchasi ichidagi sheriklarini to'p bilan taminlamoqchi edi, ammo uning pasi noaniq chiqdi.

6. Jamoamiz etakchilaridan biri Hojiakbar Alijonov uzoq masofadan zarba berib ko'rdi, ammo noaniq.

5. Yana himoyachilarimiz bo'sh o'ynashmoqda. Zayid Abdulla Al Amiri gol urish uchun qulay vaziyatga ega bo'lgan edi, ammo uning zarbasi mukammal bo'lmadi.

3. Xavfli vaziyat! Standart vaziyatdan so'ng Jasur Yaxshiboev to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi, ammo Husniddin Aliqulovning bergan zarbasini raqib posboni bartaraf etdi.

2. Uxxxxxxx! Xalfan Hassan Al Hamadi darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Nematovning seyvi tufayligini goldan qutulib qoldik.

1. Ilk urinish. Ali Solih Amro Nematov darvozasiga zarba berib ko'rdi, ammo posbonimiz o'z o'rnida.

1. O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Bangkok va "Rajamangala" bugungi uchrashuvga tayyor

- U-23 Osiyo chempionati chorak final bosqichi doirasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan Birlashgan Arab Amirliklari va O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +178   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика