So’nggi yangiliklar

10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  0 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчилардан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  5 09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  2 09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  2 08:44"Манчестер Сити"ни Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчи тарк этиши мумкин  10 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  5 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  8 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  3 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  16 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3

U-23 OCH saralashi. O'zbekiston Bangladeshga oltita gol urdi Yangiliklar

U-23 OCH saralashi. O'zbekiston Bangladeshga oltita gol urdi

U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi O'zbekiston - Bangladesh uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'zbekiston - Bangladesh - 6:0 (4:0)
30 oktyabr 2021 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 15:00
Hakamlar:
Muhammad Mufid Gabayen (Iordaniya), Ahmad Mansur Muhsin (Iordaniya), Zamirbek CHinibekov (Qirg'iziston), Yusuke Araki (Yaponiya).
Nazoratchi: Abdulloh Dor Balideh (Qatar).
Komissar: Ali Homud Al Naimi (Qatar).

Gollar: Ulug'bek Hoshimov 12, - 1:0. Eldorbek Begimov 15, - 2:0. Ulug'bek Hoshimov 16, - 3:0. Asliddin Toshtemirov 26, - 4:0. Abbosbek Fayzullaev 64, - 5:0. Alisher Odilov 88, - 6:0.

O'zbekiston: 1.SHukron Yuldashev, 3.Asliddin Toshtemirov, 6.Timur Mamasidiqov (7.Hojimat Erkinov, 62), 8.Davron Anvarov (20.Diyorbek Rahimqulov, 73), 9.Ulug'bek Hoshimov (17.Diyor Xolmatov, 82), 13.Eldorbek Begimov, 14.Bektemir Abdumannonov (22.Alisher Odilov, 62), 15.Odilbek Abdumajidov, 16.Abbosbek Fayzullaev, 18.Sunnatilloh Hamidjonov, 23.Abdurauf Bo'riev (10.Jasur Jaloliddinov, 62).
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 21.Hamidullo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Abubakr Rizo Turdaliev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 19.Hamidxon Rustamxonov, .

Bangladesh: 1.Pappu Hussayn, 2.Rahmat Mia, 3.Tutul Badsha, 4.Yaeasin Arafat, 5.Riyadul Hasan, 6.Manik Hussayn Molla, 7.Faysal Ahmad Fahim (19.Papon Singx, 88), 8.Maraz Hussayn (11.Jamir Uddin, 88), 10.Mahbubur Rahmon (20.Enamul Islam Gazi, 87), 12.Yusuf Zulqurnayn Xoque, 18.Ridoy (14.Abu SHaeid, 87).
Zaxira: 21.Mahfuz Hasan Pritom, 22.Mitul Marma, 9.Sabbir Ahmmed, 13.Rostom Mia, 15.Sabu Hussayn, 16.Isa Faysal, 17.Muhammad Rahim Uddin, 23.Monuir Alam. 

Ogohlantirishlar: Yusuf Zulqarnayn Xoque 20, Eldorbek Begimov 37.



YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston - Bangladesh 6:0

90+2. ZARBAAA! Jaloliddinovning zarbasidan keyin darvozabon to'pni ushlab oldi!

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shildi

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ALISHER ODILOV 6:0! Jaloliddinovning super to'p uzatishidan keyin Rahimqulov zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Alisher Odilov darvozaga yo'lladi!

87. O'zgarishlar. Bangladesh. Rahmon va Ridoy o'rniga Gazi va SHaeid tushdi

86. ZARBAAAA! Rahimqulov jarima maydoni ichidan zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi! 

82. O'zgarish. O'zbekiston. Hoshimov o'rniga Xolmatov tushdi

72. ZARBAAA! Davron Anvarovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan keyin to'pni darvozabon qaytardi! 

64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ABBOSBEK FAYZULLAEV 5:0. Fayzullaev taxminan 20 metrlardan belgilangan jarima to'pidan chiroyli gol urdi!

62. O'zgarishlar. O'zbekiston. Mamasidiqov, Bo'riev va Abdumannonov o'rniga Erkinov, Odilov va Jaloliddinov tushdi

56. Xavfli vaziyat! Mamasidiqov uzatgan to'pni Abdumannonov bir harakat bilan darvozaga yo'llay olmadi!

53. Xavfli vaziyat! Abbos Fayzullaev raqibdan to'pni olib qo'ydi, ammo to'p uzatishi noaniq chiqdi

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 4:0

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

44. Vakillarimizda burchak to'pi, Abdumannonov raqiblarni aldashga tushib ketdi, hujum uzilib qoldi

37. Ogohlantirish. O'zbekiston. Eldorbek Begimov

26. GOOOOOOOOOOOL! ASLIDDIN TOSHTEMIROV! Anvarovning chap qanotdan uzatgan to'pini Toshtemirov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 4:0.

23. CHap qanotdan uzatilgan to'pni Bo'riev darvozaga yo'llashga urindi, himoyachi to'pni qaytardi

20. Ogohlantirish. Bangladesh. Yusuf Zulqarnayn Xoque

16. GOOOOOOOOOOOL! ULUG'BEK HOSHIMOV! Fayzullaevning to'p uzatishidan keyin Hoshimov dublga erishdi - 3:0.

15. GOOOOOOOOOOOL! ELDORBEK BEGIMOV! Burchakdan Anvarov uzatgan to'pni Begimov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:0.

12. GOOOOOOOOOOOL! ULUG'BEK HOSHIMOV! Jarima maydoni ichidan zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi, ammo baribir to'p darvozaga kirib ketdi! 1:0

11. Xavfli vaziyat! Anvarov bir necha raqibdan qochib jarima maydoniga kirib bordi, ammo zarba o'xshamadi

9. Zarba! Ulug'bek Hoshimovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

6. Zarba! Anvarovning zarbasidan keyin darvozabon to'pni ushlab oldi

5Vakillarimizdan hujum, ammo so'nggi zarba berilmadi!

1. ZARBA! Himoyadagi xatodan keyin raqiblar zarba berishdi, yaxshiki zarba noaniq ketdi!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика