U-21 Evropa chempionati. Zanolo va Kin terma jamoadan chetlatildi
22 iyu 2019 22:15
Yangiliklar


U-21 Evropa chempionati. Zanolo va Kin terma jamoadan chetlatildi
21 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Evropa chempionatida ishtirok etayotgan Italiya termasi bugun Belgiyaga qarshi o'ynaydi.
Mazkur bahs oldidan o'tkazilgan mashg'ulotlarga «Yuventus» forvardi Moyze Kin hamda «Roma» yarim himoyachisi Nokola Zanolo kech qolishgan. SHu sababdan, terma jamoa ustozi Luiji Di Byajo ikkala futbolchini ham chetlatishga qaror qilgan.
Zanolo diskvalifikaciya tufayli bo'lajak o'yinni o'tkazib yuborishi aniq edi. Kin esa asosiy tarkibda tushishi kutilayotgandi. Agar italiyaliklar keyingi bosqichga yo'l olsa, chetlatilgan futbolchilarning yana safga qaytish yo qaytmasligi hozircha malum emas.
Eslatib o'tamiz, Belgiya – Italiya to'qnashuvi Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar