U-21 Birinchiligi. "Paxtakor" - "Navbahor" 3:0
26 fev 2020 21:08
Yangiliklar
U-21 Birinchiligi. "Paxtakor" - "Navbahor" 3:0
Birinchi bo'limda jamoalar xavfli vaziyatlarni unchalik ko'p yuzaga keltirishmadi. Gol esa Odilovning tezlik bilan qarorga kelishi va zarbani ajoyib ijro etgani bilan bog'liq bo'ldi. To'pni maydon markazida qabul qilib olgan Alisher darvozabonning oldinga chiqib ketganini ko'rib, aniq zarba yo'lladi - 1:0.
Tanaffusdan so'ng "Paxtakor" to'liq tashabbusga ega bo'ldi. 67-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Doston Tursunov jarima zarbasi oshirib berilgach, yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi. Uchinchi gol Odilov hisobiga yozildi. U mehmonlar posbonini birga-bir holatda dog'da qoldirdi.
"PAXTAKOR" - "NAVBAHOR" - 3:0 (1:0)
26 fevral. Qibray. 94 tomoshabin.
Hakamlar: R.Lutfullin, A.Abdullaev, B.SHavkatov, S.Nazarov.
Nazoratchi: F.Abdullaev.
"Paxtakor": Hamroev, Mirsaidov, Ramazonov (SHerbo'taev, 61), Mirzaev (Tursunov, 58), SHamsiev, Odilov (Jiyanov, 89), Sultonmurodov, Hamidjonov, Fayzullaev (Jo'raev, 82), Mamasidiqov (Irismetov, 73), Salimov.
"Navbahor": Abdullaxonov, Mirzamahmudov, Hamidov, Ortiqov, Aknazarov (Jo'raboev, 67), Bahromov, Jo'raev, Ikromov (Sattorov, 46), Sobirov (Tojiddinov, 46), Orifjonov (Nuriddinov, 58), Ergashboev (Qayumboev, 46).
Gollar: Odilov, 11 - 1:0. Tursunov, 64 - 2:0. Odilov, 79 - 3:0.
Ogohlantirishlar: SHamsiev, 12. Ergashboev, 22. Fayzullaev, 29. Mirsaidov, 37. B.Sobirov, 40. Aknazarov, 40. Orifjonov, 43. Jo'raboev, 68. Ortiqov, 72. Odilov, 79. Hamidov, 90+2. Bahromov, 90+4.






O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar