So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  2 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  23 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  8 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

U-21 Birinchiligi. Ortiqxo'jaev va SHackix kelgan o'yinda "Paxtakor" chempion bo'ldi Yangiliklar

U-21 Birinchiligi. Ortiqxo'jaev va SHackix kelgan o'yinda "Paxtakor" chempion bo'ldi

Bugun U-21 Birinchiligida ham mavsum yakuniga etdi.

So'nggi tur oldidan chempionlik uchun "Paxtakor" va "Olimpik" klublarida imkoniyat saqlanib qolgandi. Yosh "SHerlar" "Olimpik"dan bir ochko ko'p to'plashgandi.

26-turda "Olimpik" "Metallurg" bilan bellashdi va dastlab gol o'tkazib yuborganiga qaramay, yakunda 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Takidlash lozimki, "Olimpik" bahsni 9 kishi bo'lib tugatdi. Rian Islamov va Alisher Odilov qizil kartochka olib maydonni tark etishdi.

Etiborlisi "Paxtakor" ham xuddi "Olimpik" singari "Bunyodkor" bilan bahsda birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordi. Ammo yakunda irodali tarzda g'alabani qo'lga kiritgan "Paxtakor" U-21 chempionlikka erishdi.

Mazkur bahsni ko'rish uchun "Paxtakor" klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo'jaev va klub bosh murabbiyi Maksim SHackix ham stadionga kelishdi. O'yin tugagach Ortiqxo'jaev jamoa kiyim almashtirish xonasiga kirdi va yosh futbolchilarni chempionlik bilan tabrikladi.

U-21 Birinchiligida "Olimpik" ikinchi, "Nasaf" yoshlari esa uchinchi o'rinni egallashdi. Oxirgi pog'onalarni "Navbahor", "Andijon" va "So'g'diyona" jamoalari egallashdi. Aytgancha, so'nggi tur o'yiniga Yaypanning "Turon" jamoasi kelmadi va "Qizilqum"ga texnik g'alaba yozildi.




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика