So’nggi yangiliklar

00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  11 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  9

U-21 Birinchiligi. "Neftchi" – "Bunyodkor" uchrashuvida mezbon jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi Yangiliklar

U-21 Birinchiligi. "Neftchi" – "Bunyodkor" uchrashuvida mezbon jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi

U-21 chempionati 10-tur uchrashuvlari doirasidagi "Neftchi" – "Bunyodkor" bahsi o'tkazilmaydigan bo'ldi.

"Superliga va Pro liga reglamenti" 4.1-bandiga ko'ra, musobaqa doirasidagi uchrashuvlar "Licenziyalash reglamenti" asosida ishlab chiqiladigan "Stadionlar to'g'risidagi nizom"ga muvofiq Liga tomonidan ruxsat etilgan stadionlarda o'tkaziladi.

4.3-bandga asosan fors-major holatida uchrashuvni o'tkazish uchun stadionni o'zgartirishga to'g'ri kelsa, mezbon futbol klubiga Liga bilan uch tomonlama kelishuvga erishgan boshqa stadionlardan biridagina rasmiy uchrashuvni o'tkazish uchun ruxsat beriladi. Ammo Qirgulidagi "Neftchi" sport majmuasi hamon Liganing minimal talablariga to'la tayyor bo'lganicha yo'q. Liga mutaxassisining mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida bergan ko'rsatmalari hozirga qadar bajarilmadi. SHuningdek, mazkur uchrashuvni ko'chirish uchun talab darajasidagi boshqa bo'sh stadion taqdim etilmadi. 

SHuni inobatga olib, U-21 chempionati 10-tur uchrashuvlari doirasidagi "Neftchi" – "Bunyodkor" uchrashuvi o'tkazilmaydigan bo'ldi. Reglamentning 10.11-bandiga muvofiq mezbon klubga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat, raqib jamoaga esa 3:0 hisobidagi texnik g'alaba yozildi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика