So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  4 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

U-20 Osiyo kubogi yaqin. Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Maqsadimiz - yarim final!" Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi yaqin. Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Maqsadimiz - yarim final!"

Teglar :  U-20 Osiyo kubogi
1 mart kuni O'zbekistonda U-20 Osiyo kubogi musobaqasi start oladi.

Suriya terma jamoasi ushbu musobaqaning "A" guruhida ishtirok etadi va 1-turni mezbon O'zbekistonga qarshi o'tkazadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi niderlandiyalik Mark Votte 3 kun oldin musobaqa oldidan intervyu berdi. Ushbu intervyu chog'ida murabbiy Suriyada sodir bo'lgan zilziladan keyin jamoadagi ichki holat, turnirga tayyorgarlik va unda ishtirok etadigan futbolchilar, ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar hamda Osiyo kubogidagi asosiy vazifa haqida gapirib o'tdi.

"Barcha o'yinchilar va ishchilarga 7 kunga dam berdik, ular oilasi bilan birga, xavfsiz hududda bo'lishdi. Hozir biz yana yig'inlarga kirishdik va har bir futbolchi bilan shaxsan suhbatlashdim va ularga katta turnirga tayyorlanishimiz kerakligini tushuntirdim. Ularni katta fojiadan chalg'ib, futbolga etibor qaratishlari kerakligini tushuntirdim. Hozirgi kunda murabbiylar shtabi bilan futbolchilarni stressdan xalos etadigan qiziqarli mashqlar bajarmoqdamiz. Biz hozir Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, u biz uchun muhim musobaqa. Bunday fojia sodir bo'lgani albatta achinarli holat, lekin hayot davom etadi va biz o'z vazifamizni bajarishda davom etishimiz kerak, meni futbolchilarning ishga yondashuvi xursand qilmoqda, ular har kuni mashg'ulotlarda 100 foiz mehnat qilishmoqda va har kuni "Abbosiyon" stadionida mashg'ulot o'tkazishmoqda.

Hozirgi mening vazifam turnirga 23 nafar eng yaxshi futbolchini saralab olish, futbolchilar ushbu o'quv mashg'ulot yig'inlarida o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishi kerak. Men 23 futbolchini asosan mahalliy chempionatda o'ynaydigan futbolchilardan yig'moqchiman, chunki ushbu turnir ular uchun katta tajriba bo'ladi, biz yaqinda Qatar maydonlarida Xitoy va Qatarga qarshi jami 4ta uchrashuv o'tkazdik, ushbu uchrashuvlarda ikki marotaba g'alaba qozondik va ikki marotaba raqibni mag'lubiyatga uchratdik. Hozir Damashqda bo'lib turibmiz va so'nggi tayyorgarlik jarayonini Tojikiston yoshlariga qarshi uchrashuv bilan yakunlaymiz, u erda legioner o'yinchilarimiz ham ishtirok etadi faqatgina Mustafo Abdulatifdan tashqari. Abdulatif to'g'ri O'zbekistonga uchib boradi, qolgan 22 o'yinchi biz bilan Tojikistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.

Biz 6 oydan beri ushbu jamoa bilan mashg'ulot o'tamoqdamiz, so'nggi ikki oyda esa har kuni mashg'ulotlar olib bormoqdamiz. Saralash musobaqasida Ammanda ishtirok etdik va undan so'ng Dubay shahrida mahalliy klublar bilan bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Hozirgi kunda bizda har bir poziciyada ikkita o'yinchimiz bor va ular o'zaro raqobat qilishmoqda, futbolchilarning to'g'ri fikrlashi va raqobatbardosh bo'lishi juda muhim. Ko'pchilik ushbu tarkibni ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilmoqda, lekin men "Facebook"da o'tirmayman va bizni tanqid qilayotganlarga etibor bermayman, ushbu yigitlar kuchliligini allaqachon isbotlab bo'lishgan. Yigitlarning maqsadi U-20 Osiyo kubogida ishtirok etish, bizning maqsadimiz yarim finalga chiqish va Indoneziyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish. Musobaqaning birinchi uchrashuvida bizni mezbonlarga qarshi bahs kutib turibdi va bizga muxlislarning qo'llab-quvvatlashi judayam muhim", - dedi Mark Votte.




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика