So’nggi yangiliklar

12:00Лунин қарор қилди  0 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  2 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  6 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  7 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  3 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  4

U-20 Osiyo kubogi yaqin. Musobaqada porlashi kutilayotgan o'zbekistonlik 5 yulduz Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi yaqin. Musobaqada porlashi kutilayotgan o'zbekistonlik 5 yulduz

Mamlakatimiz mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo kubogi startiga ham tobora oz vaqt qolmoqda.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz musobaqaga tayyorgarlikning so'nggi  bosqichini olib bormoqda. O'tgan davr mobaynida ichki chempionat bahslarida mazkur yosh toifasida to'p tepadigan bir nechta futbolchilarni kuzatishga ulgurdik. Ayrimlari allaqachon katta futbol havosidan nafas olib bo'lgan, legionerlik maqomini olgan. Quyida U-20 Osiyo kubogida porlashi kutilayotgan yoshlarni tilga olishga harakat qilamiz. 

Umarali Rahmonaliev ("Rubin")

"Bunyodkor" o'rinbosarlar safida to'p tepib kelgan Umarali Rahmonaliev 2021 yil kuziga kelib asosiy jamoada debyut qiladi. Superligadagi debyut mavsumidayoq "Turon" darvozasini ishg'ol qilgandi. 2022 yilga kelib Rahmonaliev "qaldirg'ochlar"ning maydondagi muhim figurasiga aylanib bo'ldi. O'tgan yili 21ta uchrashuvda 6ta gol urdi. U-20 terma jamoamiz sardori qita turnirida ham o'zini ko'rsatishi kutilmoqda. 


Umarali Rahmonaliev -— "Rubin"ga moslashish jarayoni, Alan Zagoev va Kante haqida



Abbos Fayzullaev ("Paxtakor")

Abbos Fayzullaev uchun bu ketma-ket ikkinchi Osiyo kubogi hisoblanadi. Yarim himoyachi 2022 yil O'zbekiston mezbonlik qilgan U-23 Osiyo kubogida Timur Kapadze jamoasi tarkibida kumush medallarga ega chiqqandi. Qolaversa, "Paxtakor" tarkibida OCHL, Superliga o'yinlarida yorqin harakatlari bilan ko'pchilikning etiborini tortdi. Maksim SHackix kelgach esa ko'proq imkoniyat berila boshladi. 2022 yilning "eng yaxshi yosh futbolchisi" sifatida etirof etilgan Abbosda katta turnirlarda o'ynash ko'nikmasi shakllangan. Bu omil oldindagi muhim uchrashuvlarda o'z so'zini aytsa hech gap emas. 



Nodir Abdurazzoqov (AGMK)

Nodir Abdurazzoqov shu vaqtgacha turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda to'p tepib kelgan. U ilk bor 2019 yil Toshkentda o'tgan U-16 Osiyo kubogi saralash bosqichida ko'zga tashlangandi. SHunday futbolchilar bo'ladiki klubda emas, terma jamoada ko'proq potencialini ko'rsatadi. Nodir ham shunday toifadan. Farhod Nishonov (U-19) va Ravshan Haydarov (U-20) jamoalarida Urugvay (gol, "SBS Cup"), Slovakiya, Argentinaga qarshi bahslarda munosib harakat qilib etibor qozongandi. U allaqachon xorijlik skautlar etiboriga tushgan. 


Futbolchimizni urugvayliklar yaxshigina tanib olgan yoxud unga Evropadan takliflar bor. O'zi nimalar dedi?


Mahmud Mahamadjonov ("Bunyodkor")

CHap qanotda porlashi kutilayotgan yana bir iqtidor. Mahmud Mahamadjonov 2022 yil SHuhrat Maqsudov boshchiligida "Bunyodkor" asosiy tarkibida ilk bor debyut qildi. Murabbiy ilk turda nisbatan kuchli raqib "So'g'diyona"ga qarshi bahsda qo'rqmay maydonga tushirdi. Qolgan bahslarda ham imkoniyat berishda davom etdi. Orada malum vaqt zaxirada qolganiga qaramay keyinchalik Boshkovich qurayotgan "Bunyodkor"ning asosiy futbolchisi sifatida 8ta bahsda qatnashdi, "Navbahor" bilan o'yinda Usmonalievning goliga assistentlik qildi. 



Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Paxtakor")

"Paxtakor" hujumchisi katta futboldagi debyuti va goli OCHL bahslariga to'g'ri kelgan. 2021 yil Piter Xyuistra OCHL guruh bosqichi so'nggi turida bir qator yoshlarni tarkibga qo'yadi. Po'lat o'sha bahsda "Al Zavra" darvozasini ishg'ol qilib 1:0 hisobidagi g'alabani keltirgandi. O'tgan mavsumni "Olimpik"da ijarada o'tkazgan forvard etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lib (20ta o'yin, 4ta gol) malum bir tajribani to'pladi, deya olamiz. U-20 Osiyo kubogida terma jamoamizning asosiy hujumchisi bo'lishi mumkinligi taxmin qilinayotgan Xoldorxonovdan gollar shodasini kutib qolamiz.


"Navbahor" va boshqa jamoalar taklifi? Qadrdon jamoamga qaytdim" — yoxud "Olimpik" hujumchisining yangi mavsumdagi rejalari malum


Yuqoridagi nomlar qatoriga Aziz Xolmurodov, Zafarmurod Abdirahmatov, Saidafzalxon Ahrorov, SHahriyor Jabborov, Abduqodir Husanov kabi futbolchilarni ham kiritishimiz mumkin. Balki musobaqa davomida kutilmagan yangi nomlar ham paydo bo'lishi ehtimoli yo'q emas. SHunday ekan terma jamoa azolariga faqat omad tilab qolamiz. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика