So’nggi yangiliklar

09:07Клопп Испания жамоасини бошқариши мумкин  0 08:35Ибрагимович 7 кишилик рамзий терма жамоасини тузди  4 07:59Аморим МЮда илк машғулотни ўтказди  2 07:21ЖЧ-2026 саралаш. Бугун терма жамоамиз муҳим учрашувда майдонга тушади  29 03:01Миллатлар лигасининг чорак финалига чиққан барча 8 жамоа номи маълум бўлди  1 02:55Миллатлар лигаси. Роналду иштирок этмаган баҳсда Португалия дуранг ўйнади  4 02:48Миллатлар лигаси. Испания сўнгги дақиқалардаги пенальти эвазига ғалаба қозонди  3 02:15АПЛнинг энг тез югурадиган футболчилари (ТОП 10)  2 01:35Бен Дэвис Сон ҳақидаги хазили учун дисквалификация Бентанкур ҳақида: "Бундай нарсаларга жиддий қараш кераклигини тушундик"  2 23:29Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувида ишлайди  2 23:01Алдервейрелд ваҳима касаллиги туфайли Бельгия терма жамоасини тарк этганини айтиб берди  2 21:09Аморимга трансферлар учун тен Хагга нисбатан камроқ пул беришади  3 20:45Эшитдик-да! "Нефтчи" икки мураббийга жавоб бермоқчи  11 20:31"Бавария" стадионидаги чим U15 жамоаси майдонига юбориляпти  7 20:28"Қизилқум"нинг икки футболчисига бир қатор клублар қизиқмоқда  2

U-20 Osiyo kubogi. Usmonov chetlatilgan, Xolmuhammedov darvozabonga aylangan yoxud 2008 yilgi musobaqani yodga olamiz Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Usmonov chetlatilgan, Xolmuhammedov darvozabonga aylangan yoxud 2008 yilgi musobaqani yodga olamiz

U-20 Osiyo kubogi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

O'zbekistonning bu yoshdagi terma jamoasi avval ham qita musobaqasida ishtirok etgan. Aynan shu yosh toifasidagi eng yaxshi natijamiz 2008 yil Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan turnirda qayd etilgan. Quyida bir qancha qiziqarli lahzalarni taqdim qilgan onlarni yodga olamiz.

U-20 Osiyo kubogi haqida nimalarni bilishimiz lozim?

Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi yoshlar terma jamoasi azolari musobaqaga qadar uzoq yo'lni bosib o'tishgandi. Mutaxassis futbolchilarni deyarli kichkinaligidan boshlab tarbiyalab bordi, CHig'atoy bazasida ularni birlashtirdi. Selekciya ishlari to'g'ri yo'lga qo'yildi. Viloyatdan ham iqtidorlar jalb etilib yaxlit jamoa tuzildi. Sanat SHixov Xorazmdan, Islom To'xtaxo'jaev Farg'onadan, Kenja To'raev, Fozil Musaev, SHerzod Azamovlar Qashqadaryodan taklif qilindi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan jamoamiz qita chempionatida Iordaniya, Avstraliya, Tailand bilan birgalikda “D” guruhidan joy egalladi. Saralashda bo'lgani kabi guruh bosqichida ham futbolchilarimiz ehtiyotkor o'yin namoyish etishdi. CHunki, rasmiy turnirlarda asosiy kerakli narsa natija hisoblanadi. Qayd etilgan natijalardan ham buni sezish qiyin emasdi. Birinchi turda Iordaniya Davron Mirzaevning yagona goli hisobiga taslim etildi. Guruh favoriti sanalgan Avstraliya bilan uchrashuvda vakillarimiz murosa ko'chasini tanlashdi. So'nggi tur oldidan esa vaziyat qaltis tus olgandi. Bizda to'rt ochko, Tailandda esa uch ochko bor edi. Tailandga qarshi bahsda futbolchilarimizni faqat g'alaba qoniqtirardi. Amalda Fozil Musaev kiritgan birgina to'p bizni etti ochko va ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga olib chiqdi.



Oldinda bizni Xitoyga qarshi mundial chiptasi uchun "jang" kutardi. Tan olishimiz kerak raqib o'sha paytda ham o'z darajasini yo'qotmagandi va futbolchilarimizga munosib qarshilik ko'rsatgandi. CHorak final uchrashuvida ham Ubaydullaev shogirdlari o'z uslublariga sodiq qolgan holda ehtiyotkorlikka urg'u qaratishadi va tavakkalga qo'l urishni istashmaydi. CHunki, bitta gol uchrashuv taqdiriga tasir ko'rsatishi mumkin edi. Natijada bellashuvning asosiy vaqtida darvozalarga to'p kiritilmadi. Bosh hakam, avstraliyalik Bejamin Uilyams jamoalarni 15 daqiqadan iborat ikkita qo'shimcha bo'limlarga taklif qiladi.



Bahsning eng kulminacion voqeasi aynan overtaymlarda yuz bergandi. O'yin yakuniga etishiga oz fursa qolayotganda, xitoyliklar darvozamiz tomon xavfli hujum uyushtirishadi. Raqib hujumini bartaraf etgan posbonimiz Doniyor Usmonov dastlab to'pni qo'liga oladi. Uni sheriklariga oshirib berish maqsadida erga tashlaydi. Ammo, qarshisiga xitoylik futbolchi kelganini va bosim qilganini ko'rgan holda to'pni yana qo'lida ushlaydi. Bu holat esa FIFA qoidalariga zid hisoblanardi. To'pni erga tashlagandan so'ng uni ikkinchi bor ushlash mumkin emas. Professional futbolchi bo'lib borayotgan Usmonovning yosh bolalarcha xatosi nimaga bog'liq? Balki, o'sha daqiqalarda konsentraciyani yo'qotib qo'ygan bo'lishi mumkin. Bunday paytda qoidani buzgan futbolchiga bevosita qizil kartochka ko'rsatiladi. Uilyams esa o'z vazifasini bajaradi, hamyurtimizni maydondan chetlatadi va jarima maydonchamiz ichida raqib foydasiga erkin zarba belgilaydi. Siz o'ylagandek penalti emas. Jarima maydoni ichida erkin zarba. Ayni paytga kelib barcha o'zgarishlar amalga oshirib bo'lingandi. Bunday pallada jamoadagi biron bir o'yinchi darvozabon vazifasini vaqtinchalik bajarib turishi lozim edi. Masuliyatni Islom To'xtaxo'jaev zimmasiga oladi va terma jamoamizni muqarrar goldan qutqarib qoladi - 0:0.



Uchrashuv g'olibini aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilishga to'g'ri keldi. Futbol lotoreyasida darvozaga To'xtaxo'jaev emas Murod Xolmuhammedov turadi.  Xitoyliklarning so'nggi zarbasini Li Zichao amalga oshiradi, aynan shu onda Murod Xolmuhammedov to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ladi - 4:3! Yoshlar terma jamoamiz jahon chempionatida! Xolmuhammedov qahramon!


"Osiyo chempionatida Xitoy bilan mundial chiptasi tikilgan uchrashuvda penaltini qaytara olishimga boshqa jamoadoshlarimga nisbatan menda qandaydir juda katta ishonch paydo bo'lgandi. Darvozada turish qarorini o'zim qabul qilganman. Jamoadoshlarim esa qo'llab-quvvatlab turishgan. Bu esa yanada ko'proq kuch bergan edi",- degan edi Murod Xolmuhammedov.


Yarim finalda juda kuchli Janubiy Koreya yoshlari ham turnir davomida tartibli o'yin ko'rsatib kelayotgan futbolchilarimizning oldida ojiz qolishdi. SHerzod Karimov g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi. Finalga kelib jismoniy jihatdan toliqqan to'p teparlarimiz Mahdi Ali ustozligidagi va Ahmad Halil etakchiligidagi BAAga 1:2 hisobida engilishadi. SHunga qaramasdan turnir yakunlangach bizni musobaqaning feyr-pley sovriniga loyiq deb topishgandi. Mazkur terma jamoada harakat qilgan futbolchilar keyingi yillarda o'z klublarining asosiy o'yinchilari sifatida to'p tepishdi, bazilari milliy terma jamoaga chaqirildi. Qisqa qilib aytganda yo'qolib qolishmadi va katta futbolda o'z o'rinlarini topishdi.

U-19 Osiyo chempionati-2008. CHorak final.
Xitoy U-19 – O'zbekiston U-19 0:0 (penaltilar seriyasi 3:4)
08.11.2008. Saudiya Arabistoni. “SHahzoda Saud Bin Jalavi” stadioni
Bosh hakam:
Benjamin Uilyams (Avstraliya)
O'zbekiston U-19: Doniyor Usmonov, SHerzod Azamov, Dilyorbek Ermatov, Murod Holmuhammedov, Islom To'xtaxo'jaev, Fozil Musaev, Sunnatilla Mamadaliev, Doston Abdurahmonov (G'ulom O'runov, 95) , SHerzod Karimov, Jasur Hasanov (Zohir Pirimov, 111), Kenja To'raev (Sanat SHixov, 44).


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика