So’nggi yangiliklar

12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  1 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  0 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  0 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  6 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  20 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  10 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  7 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  4 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston musobaqaning dastlabki turlarida mag'lubiyatga uchramagan Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston musobaqaning dastlabki turlarida mag'lubiyatga uchramagan

Bugun O'zbekiston U-20 terma jamoasi musobaqadagi ilk turida maydonga chiqadi.

Terma jamoamiz avvalgi musobaqalarni qanday natijalar bilan boshlaganiga etibor berishga qaror qildik. 


2002 yil. Qatar. 

O'zbekiston - Tailand 4:0 

Avval aytganimizdek, Viktor Borisov boshchiligidagi terma jamoamiz 2002 yil Qatar yashil maydonlari mezbonlik qilgan turnirda ajoyib o'yinlar ko'rsatishgan. Tarkibida Geynrix, Magdeev, Nesterov kabi nomlar bo'lgan jamoa ilk turda Tailand to'sig'idan qiyinchiliksiz o'tishgan, 4:0. 

2004. Malayziya. 

O'zbekiston - Laos 5:2

Gollar: Nodirbek Qo'ziboev (xet-trik), Marat Bikmaev, Sadriddin Abdullaev

Nodirbek Qo'ziboev, Sadriddin Abdullaev, Aleksandr Kleckov kabi nomlarni o'zida jamlagan yoshlar terma jamoamiz musobaqaning ilk bahsida laoslik tengqurlarini 5:2 hisobida mag'lub etishgan. Guruhdan chiqqan terma jamoamiz pley-offda Janubiy Koreyaga mag'lub bo'lib turnir bilan xayrlashgan.


2008. Saudiya Arabistoni.

Iordaniya - O'zbekiston 0:1 

Gol: Davron Mirzaev

2008 yil Ahmad Ubaydullaev shakllantirgan 1989-1990 yillardan iborat terma jamoamiz Saudiya Arabistonidagi U-20 Osiyo kubogini muvaffaqiyatli boshlagan. Birinchi turda Iordaniyani mag'lub etgan vakillarimiz yakunda musobaqa finaliga qadar etib borgandi. 

2010. Xitoy. O'zbekiston - KXDR 1:0

Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov 

Galdagi avlod endilikda Marat Kabaev ustozligida Xitoydagi U-20 Osiyo kubogiga tashrif buyurgan. Temurxo'ja Abduxoliqov, Sardor Mirzaev, Pavel Smolyachenko kabi futbolchilarga ega terma jamoamiz o'sha vaqtda ayni cho'qqisiga chiqqan KXDR yoshlarini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, musobaqani g'alaba bilan boshlashadi. Yakuniy natija pley-off. Saudiya Arabistoni yoshlari overtaymlarda gol urib mundial yo'llanmasiga ega chiqadi. 


2012. BAA. O'zbekiston - Vetnam 4:0

Gollar: Maksimiliyan Fomin, Igor Sergeev(dubl), Timur Hakimov 

1993-1994 yilda tug'ilgan futbolchilarni qamrab olgan yoshlar terma jamoamizni Ahmadjon Musaev BAAdagi U-20 Osiyo kubogiga olib boradi. Birinchi turda Vetnamga qarshi maydonga chiqqan O'zbekiston 4:0 hisobidagi g'alaba bilan turnirni boshlagan. Yarim finalgacha etib kelgan hamyurtlarimiz Janubiy Koreyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'lib ortga mundial yo'llanmasi bilan qaytgan. 

2014. Myanmar. Indoneziya - O'zbekiston 1:3

Gollar: Doston Hamdamov, Zabihillo O'rinboev, Otabek Shukurov

2014 yil Ravshan Haydarov 1995-1996 yilda tug'ilgan futbolchilarlan iborat terma jamoani muvaffaqiyat sari etaklay olgan. Myanmar davlatida o'tgan turnirni birinchi uchrashuvida Indoneziya raqiblik qilgan. Mazkur bahsda mahorat o'z so'zini aytgan, deya olamiz (3:1). Chorak finalda Tailand qarshiligini enggan terma jamoamiz mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Yarim finalda esa KXDRga 0:5 hisobida engilib kuchli to'rtlikdan o'rin egallashgan. 


2016. Baxrayn. O'zbekiston - Tojikiston 2:1

Gollar: Saidjamol Davlatjonov, Jasur Yaxshiboev

Bu terma jamoaga Jasur Abduraimov boshchilik qilgan. Aytish kerakki, hamyurtlarimiz o'shanda Baxrayn mezbonligida o'tgan musobaqaning ilk turida Tojikistondan etarlicha qarshilikka duch kelgan, hattoki birinchi bo'limdan so'ng mag'lub bo'layotgandi. Tanaffusda bir yo'la 3ta o'zgarishga qo'l urgan Jasur Abduraimov ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirish orqali 2ta gol urib g'alabani ilib ketgan. Yana bir malumot, bu musobaqaga Tojikistonni "Neftchi"ning hozirgi ustozi Vitaliy Levchenko olib borgani yodimizda. 

2023. O'zbekiston. O'zbekiston - Suriya 2:0

Gollar: Abbos Fayzullaev, Zakariya (avtogol)

Bundan 2 yil oldin ochilish uchrashuvida U-20 terma jamoamiz Suriyani mehmon qilgan. O'yinda to'liq ustunlik qilgan vakillarimiz Abbos Fayzullaev va Zakariyaning avtogollari evaziga 2:0 hisobida g'alabani bayram qilgan.

Bir necha soatdan so'ng start oladigan uchrashuvda hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz. Olg'a, O'zbekiston!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика