So’nggi yangiliklar

22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  2 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  17 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  28 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   24 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  20 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0

U-20 Osiyo Kubogi. O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyani mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi hamda jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi! Yangiliklar

U-20 Osiyo Kubogi. O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyani mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi hamda jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi!

U-20 Osiyo kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Avstraliya uchrashuvi yakunlandi.

U-20 Osiyo Kubogi

1/4 final

O'zbekiston — Avstraliya 1:1 (Penaltilar seriyasi — 5:4)

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00

Hakamlar: Ammar Ibrohim (Bahrayn), Faysal Alavi, Nossir Salim (Ummon), Qosim Matar Al Xatmi (Ummon)

Nazoratchi: Subhiddin Mohd (Malayziya)

Komissar: Si Tu Vin (Myanma)

Gol: 0:1 — 77, Gabriel Popovich, 1:1 — 79, Zafarmurod Abdiraxmatov.

O'zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 8.Behruzbek Asqarov (4.Abubakr Ashurov, 113), 10.Umarali Rahmonaliev (s), 13.Zafarmurod Abdiraxmatov (2.Izzatullo Po'latov, 94), 14.Abbosbek Fayzullaev, 15.Diyorbek Ortiqboev (17.Nodirbek s, 118), 20.Mahmudjon Mahamadjanov, 22.SHerzod Esanov (11.SHahriyor Jabborov, 64)

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 12.Asrorbek Kenjaev, 5.Javohir O'tamurodov, 9.SHahzodjon Nematjonov, 18.Saidafzalxon Axrorov, 19.SHahzod Akramov, 23.Asadbek Jo'raboev

Avstraliya U-20: 1.Jek Varshavski, 2.Joshua Roulins (s), 3.Nektarios Triantis, 4.Kris Donnell (16.Jeyk Gerdvud-Rayx, 102), 7.Bernardo Oliveyra (17.Eydan Simmons, 61 (22.Jin Ris, 99)), 8.Alessandro Lopane, (19.Archi Gudvin, 90+2) 9.Gabriel Popovich (11.Rafael Rodriges, 102), 10.Adrian Segechich, 13.Panashe Madanya, 15.Jozef Ford, 21.Jed Dryu (20.Aleksandr Badolato, 61)

Zaxira: 12.Jeyms Nivenxuizen, 18.Aleksander Robinson, 5.Mettyu Dench, 6.Ris Bozinovskiy, 14.Kaelan Mayekodunmi, 23.Jonni Yull

Ogohlantirish: Nektarios Triantis (45), Aleksandr Badolato (90+3)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 O'ZBEKISTON yarim finalda! Jahon chempionati yo'llanmasi ham qo'lga kiritildi!

Rahmonaliev! GOL! 5:4!

Segechich. Xato! 4:4!

Mahamadjanov! GOL! 4:4!

Badolato. Gol. 3:4.

Abdurazzoqov! GOL! 3:3!

Roulins. Gol. 2:3.

Xoldorxonov! GOL! 2:2!

Gudvin. Gol. 1:2.

Fayzullaev! GOL! 1:1

Triantis. Gol! 0:1.

Avstraliya birinchi zarba beradi.


120 daqiqa yakuniga etdi. Penaltilar seriyasiga marhamat! Yoki jahon chempionati yo'llanmasi yoki "Mirzo Ulug'bek" metro bekati.

120. Yana ikki daqiqa ter to'kishadi futbolchilar.

118. O'zbekistonda o'zgarish: Ortiqboev ketdi, Nodirbek Abdurazzoqov keldi.

113. O'zbekiston tarkibida ham o'zgarish: Asqarov o'rniga Abubakr Ashurov uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

112. Avstraliyada o'zgarishlar: Popovich o'rniga Rafael Rodriges, Donnell o'rniga esa Jeyk Gerdvud-Rayx tushdi.

110. Afsuski, Asqarov jarohat oldi. Uni zambilda maydondan olib chiqib ketishmoqda. Unga tezroq sog'ayib ketishini tilab qolamiz.

108. Futbolchilar toliqib qolishdi. Mening barmoqlarim ham.
106. To'rtinchi bo'lim boshlandi.


105. Uchinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi va yakunlandi.

Qani, chiq, kichkina tabib, futbolchilarimizga shifo ulashgani!

102. Asqarov jarohat oldi. U tibbiy yordamga muhtoj.

To'p nazorati: 47-53

99. Mehmonlarda o'zgarish: Eydan Simmons Jin Risni almashtirdi.

94. O'zbekistonda o'zgarish: Zafarmurod Abdiraxmatov o'rniga Izzatullo Po'latov uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

U-23 Osiyo kubogida Iroq bilan o'yindagi scenariy takrorlanayotgandek go'yo. Faqat "Bunyodkor" stadionining betonlarini qo'parib bo'lmaydi.

93. Boymurodov yurakni hovliqtiradigan harakat amalga oshirdi, yaxshiyam VAR yo'q.

91. Uchinchi bo'lim boshlandi.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Qo'shimcha bo'limlarni tomosha qilamiz.

90+3. Badolato ogohlantirildi.

90+2. Avstraliyada o'zgarish: Lopane o'rniga Gudvin tushirildi.

90+2. Xoldorxonovning navbatdagi zarbasi darvoza to'rining orqa qismidan joy oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Xoldorxonov bugun o'ziyam Xoldorxonovday yugurdi, navbatdagi hujumda u burchak to'pi ishladi.

87. Badolato havodan kelayotgan to'pni juda chiroyli to'xtatdi. Qo'li bilan. 

85. Navbatdagi hujumimizni avstraliyalik himoyachi konki uchgan holda qaytardi.

Hali tamom emas ekan.

79. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Gol uchun rahmat, Abdirahmatov!!! Baqirib tomog'imni og'ritganing uchun ham!


Rahmlaring kelsin axir, jahl kelganda, aql ketadi, noutbuk esa qimmat turadi.

77. Gol! Popovich. Tamom. 

75. Malades, Fayzullaev, bir raqibidan zo'r o'zib ketdi, ammo so'nggi pasni berishda raqib himoyachisi chaqqonroq harakat qildi.

71. Abbossss... birga-bir vaziyatda... to'g'ri tepmaysanmi... nahotki, mashinali bo'lishni istamasang.

66. Madanyaning zarbasi futbol darvozasidan ko'ra basketbol savatchasiga tushish ehtimoli yuqoriroq.

Paslar soni: 273-327

64. O'zbekistonda o'zgarish: SHerzod Esanov o'rniga SHahriyor Jabborov o'yinni davom ettiradi.

61. Avstraliyada ikki o'zgarish: Oliveyra o'rniga Simmons, Dryu o'rniga Badolato maydonga tushirildi.

60. Tajribaga boyib borayotgan Boymarodov raqibning kuchli zarbasini qaytardi.

58. O'zbekistonliklarda standart yuzaga keldi, Asqarovning zarbasidan so'ng stadion balkoni tomon yo'nalish oldi.

Burchak zarbasi: 4-0

54. O'zbekistonliklarning pressingidan so'ng Avstraliya posboni yon hakamga pas berdi.

51. Avstraliyalik futbolchining jarimadan yo'llagan zarbasi "Mirzo Ulug'bek" metrosi tarafga ketdi.

Havodagi kurashlardagi ustunlik 33-67, ancha yutqazayapmiz.

49. Esanov uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi, avstraliyaliklar esa Varshavskiga bitta choyxona qilib berishsa arziydi.

47. Fayzullaev qanotda raqibdan qochaman deya to'pni qochirib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim statistikasi

To'p nazorati: 47-53

To'p uchun kurashda ustunlik: 44-56

Zarbalar: 8-3

Aniq zarbalar: 2-0

Fol: 7-3

Futbolga kelish shunchaki bahona edi...

Taym yakunlandi. Biroz nafas rostlab olamiz.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. SHu daqiqada Fayzullaevning uzatmasidan so'ng Rahmonaliev shu bahoga loyiq harakat amalga oshirdi.

45. Nektarios Triantisga atalgan yaxshi gaplarim bor edi-yu, so'kinish mumkinmas. Avstraliyalik himoyachi qochib ketayotgan Fayzullaevga nisbatan qo'pol o'ynadi hamda sariq kartochka bilan jazolandi.

43. Ortiqboev to'p uchun kurashdan so'ng hakamga "Anovi meni shattalab oldi" deya, bilagini ko'rsatdi.

Ekranda murabbiylar namoyish etildi. Haydarov ovoz balandligini tekshirib ko'rmoqda, Avstraliya murabbiyi esa farzandining uyga vazifasini konspektlashtirib bermoqda, chamamda.

39. Boymurodov Noyermurodov to'pga chiqishdagi harakatlari bilan bo'lib ketdi.

36. Rahmonaliev umuman tegmasdan, raqib darvozabonini yiqilishga majbur qildi, oqibatda Varshavski to'pga otilib, uni egallab oldi.

35. CHap qanotdan Dryuning uzatmasidan so'ng yuragim joyida turgan-turmaganini tekshirib ko'rdim, joyida ekan.

33. Xoldorxonovning zarbasi kuchli va chiroyli ijro etildi-yu, maydon ortidagi birorta muxlisning burni qonamagan bo'lsa bo'lgani.

Muxlislar telefon chiroqlarini yoqib, o'zgacha fayz bag'ishlamoqda. Men ko'proq qish kunlarida sham qidirish uchun shunday fayzli ishni ko'p takrorlardim.

26. O'zbekistonlik futbolchi stadiondan tashqarida qolib ketdi. Yo'g'-e, o'yindan tashqari holatda demoqchi edim.

Zarbalar bo'yicha ko'rsatkich: 6-3

24. Maydonda Asqarov yiqilib yotibdi, ammo hakam Avstraliya foydasiga jarima zarbasi belgiladi.

22. Segechichning olisdan yo'llagan zarbasidan so'ng bizning darvozabonimiz "Men buyoqdaman" ishorasini ko'rsatdi.

20. Abdiraxmatovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin raqib himoyachisi ichida "To'p yo'liga elkamni tutguncha, qochsam bo'lmasmidi", deb qo'ya qolgandir.

17. Behruzbek Asqarov uzoq masofadan to'p bilan "TIR"dagi kabi "paq" etib, kuchli zarba yo'lladi. Ammo zarbadan so'ng uning TIRga ko'p ham bormaganligi ayon bo'ldi.

13. Jed Dryu jarima zarbasidan Boymurodov darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi, ammo uning zarbasi golga aylanishi uchun "Tom va Jerri" multfilmidagi singari darvozasini shundoq ikki metrga cho'zish lozim edi.

10. Fayzullaev SHohruhxon ijrosidagi "Menga farqi yo'q" qo'shig'iga monand ravishda to'g'ri kelgan oyog'ida zarba yo'llashga urinmoqda.

9. CHap qanotdan vakillarimiz uzatma amalga oshirishdi, ammo hujumchimizning bo'y-basti maoshimiz kabi bo'lsa, to'pga qanday etsin.

7. Avstraliya murabbiyi o'yindan avval shogirdlariga rosa turtki bergan ko'rinadi, uning shogirdi ushbu vaziyatda Zafarmurod Abdiraxmatovni turtib yubordi.

6. Mehmonlar xavfli hujum tashkillashtirdi, avstraliyalik futbolchining chap qanotdagi oshirmasidan so'ng sherigi qaychi uslubida havoga zarba yo'lladi, to'p esa "Tutolmaysan, kal-kal" degancha, maydon chetiga qochib ketdi.

3. Abduqodir Husanov burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba berdi, ammo to'pga avstraliyalik darvozabonning qo'llari, o'zbekistonliklarga esa darvoza kaltalik qildi.

2. Mahmudjon Mahamadjanov raqs ustalariga o'xshash harakat amalga oshirib, raqibini chalg'itmoqchi bo'ldi, so'ngra darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi, raqib himoyachisi esa to'pni boshqa aerodrom sari yo'naltirib yubordi.

1. Uchrashuvni O'zbekiston futbolchilari boshlab berdi.

Bugun O'zbekiston oq, Avstraliya esa yashil rangli liboslarda harakat qilishadi.

Jamoalar bir-birlari bilan qo'l tashlashib, ehtimol, omad tiladi, balki hali ko'rsatib qo'yaman dedimi, buni o'yin davomida guvohi bo'lamiz. 

Qo'llaringizni ko'ksingizga qo'ying.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Uchrashuvga bo'lgan qiziqishni stadionga oqib kelayotgan tomoshabinlar tashrifidan ham bilib olish mumkin. CHiptasotarlar esa bugun oilasining yoniga yaxshi kayfiyatda qaytishsa, ajabmas. Ularga uchrashuv boshlangunga qadar bo'lgan natija muhimroq, nazarimda.

O'zbekiston va Avstraliya "Bunyodkor" stadionida

"Bunyodkor" stadioni O'zbekiston – Avstraliya bellashuviga shay!

U-20 Osiyo Kubogi. O'zbekiston - Avstraliya: Vakillarimiz to'liq oq libosda o'ynaydi

 Ravshan Haydarov: "Avstraliya bilan o'yin — yangi tarix"

U-20 Osiyo kubogi. Guruh bosqichi ramziy terma jamoasi 

U-20 Osiyo Kubogi. O'zbekiston oldingi musobaqalar chorak finalida qanday natijalar qayd etgan?

Murabbiyi O'zbekistondagi U-23 Osiyo kubogida ishlagan, turnir davomida eng ko'p gol urgan hamda ketma-ket uchta mundialdan quruq qolgan Avstraliya haqida

Assalomu alaykum, milliardlar o'yinining ashaddiy, shuningdek, endigina qiziborayotgan hamda uchrashuvga kirishga bilet sotib ololmayotgan futbol ishqibozlari! Sanoqli soatdan so'ng yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'l olish uchun O'zbekiston U-20 terma jamoasi avstraliyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan qiziqarli malumotlar, stadion va uning atrofidagi jarayon bilan sizlarni tanishtirib borishga harakat qilamiz. Qolaversa, uchrashuvni matnli ko'rinishda etiboringizga havola qilib boramiz.

Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика