So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

U-20 Osiyo kubogi. Iroq bosh murabbiyi Emad Muhammad: "Endi barcha etiborimizni O'zbekiston bilan o'yinga qaratamiz" Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Iroq bosh murabbiyi Emad Muhammad: "Endi barcha etiborimizni O'zbekiston bilan o'yinga qaratamiz"

U-20 Osiyo kubogi 1-turidan o'rin olgan Indoneziya - Iroq (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Iroq bosh murabbiyi Emad Muhammad qatnashdi.

- O'yin haqida qisqacha fikrlaringiz?
- Xudoga shukur g'alaba qozondik, birinchi uchrashuv juda muhim va qiyin bo'lishi aniq edi. Barcha jamoalar birinchi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan. Birinchi taym biz uchun qiyin o'tdi, ikkkinchi taymda esa o'zimizning o'yinimizni boshladik va 2-3ta yaqqol golli vaziyatga ega edik. Endilikda barcha etiborimizni ikkinchi uchrashuvga qaratilgan, O'zbekiston bilan bo'ladigan uchrashuv qiyin kechishi aniq.

- O'yinchilaringizga baho berib o'tsangiz. Ular yosh bo'lishiga qaramay tartibli o'yin ko'rsatishdi?

- Yigitlar meni quvontirishdi, ular yosh bo'lishiga qaramay yaxshi o'yin namoyish etishdi. SHamunning qizil kartochkasi haqida fikr bildira olmayman, bu hakamning qarori va u muhokama qilinmaydi. Undan ko'ra biz barcha etiborimizni O'zbekiston bilan bo'ladigan uchrashuvga qaratamiz, chunki u erda pley-off bosqichiga yo'llanma o'ynaladi. Qizil kartochka olgan o'yinchimizni, o'rniga boshqa bir futbolchini maydonga tushiramiz, jamoadagi barcha 23 futbolchi bir xil darajada.




- Jamoangiz bir kishi kam bo'lishiga qaramay ikkita to'p farqi bilan g'alaba qozondingiz, bu raqib kuchsizligini anglatadimi?

- Raqiblar birinchi taymda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik, bizning o'yinchilar birinchi taymni yaxshi boshlashmadi, lekin biz o'yinchimizni yo'qotganimizdan so'ng xavfli vaziyatlar yarata boshladik. Raqibimiz kuchsiz edi deb hisoblamayman.

- Hujumda texnikasi yuqori o'yinchilaringiz bor ekan, lekin keyingi uchrashuvda asosiy tarkibdagi futbolchisiz o'ynaysizlar, O'zbeksitonga qarshi kechadigan uchrashuvda, hujum chizig'ida qanday "syurpriz" taqdim eta olasiz?

- Har bir uchrashuvga o'zimizning reja bor, ular bizdan keyin uchrashuv o'tkazishadi va bu bizga ustunlik beradi, qizil kartochka olgan o'yinchimizni boshqa o'yinchiga almashtiramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика