U-20 JCH. Nigeriya sardori mavjud bo'lmagan klub azosi sifatida FIFA ro'yxatidan o'tgan
27 may 2023 17:47
Yangiliklar
U-20 JCH. Nigeriya sardori mavjud bo'lmagan klub azosi sifatida FIFA ro'yxatidan o'tgan
"Bameyi "Yum-Yum" FK klubi azosida sifatida ro'yxatdan o'tgan. Biroq bunday klub mavjud emasligi haqida malmuotlar bor", deb yozgan amerikalik jurnalist Brayan Skiretta.
O'ng qanot himoyachisi Dominikan Respublikasi (2:1) va Italiya (2:0)ga qarshi o'yinlarda maydonga tushgan. Afrikaliklar guruhdagi oxirgi uchrashuvini Braziliyaga qarshi o'tkazadi.
:quality(85)/cloudfront-us-east-1.images.arcpublishing.com/infobae/L4Z7Q75EKBHDBPJWJCVQEV4S7Q.jpg)
Own Goal Nigeria xabariga ko'ra, 17 yoshli o'yinchi o'z federaciyasi tomonidan Nigeriyaning "Yum-Yum" klubi futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Surishtiruvlarga ko'ra, ushbu klubni Abujada deb aytishgan, ammo ushbu shaharda hech qanaqasiga bunday klub mavjud emasligi malum bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, afrikliklar ayni damda o'z guruhida 6 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Agarda jamoa oxirgi turda yutqazmasa, 1-o'rin bilan 1/8 finalga yo'l oladi. Ushbu bosqichda ham g'alaba qozongan taqdirda chorak finalda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan to'qnash kelishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar