U-20 JCH. 1/8 final oldidan San-Xuanda zilzila qayd etildi. Er silkinishi O'zbekiston terma jamoasi joylashgan shaharda ham sezilgan
30 may 2023 18:50
Yangiliklar


U-20 JCH. 1/8 final oldidan San-Xuanda zilzila qayd etildi. Er silkinishi O'zbekiston terma jamoasi joylashgan shaharda ham sezilgan
San-Xuan sharhrida nimchorak finalning ikki uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Kecha Argentinaning San-Xuan provinciyasida mahalliy vaqt bilan soat 12:02 da rixter shkalasi bo'yicha 4,8 magnitudali er silkinish holati qayd etilgan.
Ushbu shaharda U-20 jahon chempionati 1/8 finali doirasida Kolumbiya — Slovakiya hamda Argentina — Nigeriya uchrashuvlari o'tkaziladi.
Zilzila, shuningdek, San-Luis, La-Rioxa va Mendosada ham sezilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi nimchorak final bahsini Mendosa shahrida o'tkazadi. Isroilga qarshi bellashuv Toshkent vaqti bilan 31 mayga o'tar kechasi soat 02:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar