So’nggi yangiliklar

00:55Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  0 00:50Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Мальорка" (онлайн ҳисоб)  4 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  0 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  0 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  12 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  0 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  6 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  23 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0 20:17Мирко Еличич: "Суперлиганинг баъзи жамоалари кўрсатаётган футбол сифатидан қониқмаяпман"  1

U-20 jahon chempionati. O'zbekiston yoshlarining raqiblari bilan tanishamiz, jumladan, Argentina bilan o'tgan yili to'qnash kelganmiz Yangiliklar

U-20 jahon chempionati. O'zbekiston yoshlarining raqiblari bilan tanishamiz, jumladan, Argentina bilan o'tgan yili to'qnash kelganmiz

Bugun 20 yoshgacha bo'lgan jahon chempionatining guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

24 terma jamoa ishtirok etadigan kichik mundialga 20 maydan 11 iyunga qadar Argentina mezbonlik qiladi. Qura natijalariga ko'ra, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "A" guruhida mezbon mamlakat — Argentina, shuningdek, Yangi Zelandiya va Gvatemala terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Nimchorak finalga 1 va 2-o'rin sohiblari, shuningdek, 6 ta guruhdan eng yaxshi natija ko'rsatgan  4 ta 3-o'rin egalari ham yo'llanmani qo'lga kiritadi.

SHu munosabat bilan, o'zbekistonlik yoshlarning bo'lajak raqiblari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Argentina

Asosiy terma jamoasi Lionel Messi boshchiligida dunyoni larzaga keltirgan holda jahon chempioniga aylangan bo'lsa, ularning ukalari saralash bosqichida uyaltirib qo'yishdi. Ha, shu yosh toifasida 6 karra jahon chempioni bo'lgan Argentinadek jamoa Indoneziyadan mundial mezbonligi olib qo'yilmaganda, bo'lajak turnirni televizor qarshisida pista chaqib, tomosha qilib o'tirgan bo'lardi. Biroq Indoneziya mezbonlik huquqidan mahrum bo'lgach, quruqqo'l janubiy amerikaliklar darhol ishga kirishdi va boshlanish muddati yaqin qolgan turnir mezbonligini qo'lga kiritdi. 10 ta jamoa ishtirok etgan Janubiy Amerika mintaqasi saralash bosqichida "Barselona"dagi o'yinlari bilan yodimizda qolgan Xaver Maskerano murabbiyligidagi jamoa "A" guruhida Braziliya (1:3), Kolumbiya (0:1), Paragvay (1:2) va Peru (1:0) bilan bir guruhdan o'rin oldi va 4-o'rinni egallab, dastlabki bosqichdayoq musobaqa bilan xayrlashdi. Biroq mezbonlik huquqi tufayligina futbolsevar mamlakatlardan biri mundialda ishtirok etadigan bo'ldi. Endilikda ular saralashdagi natija omadsizlik ekanligini isbotlashga urinib ko'radi. 

Qiziqarli fakt

Xaver Maskerano qo'l ostidagi ushbu jamoa o'tgan yili Urugvayda o'tkazilgan “Maldonado Cup” doirasida o'zbekistonlik yoshlar bilan to'qnash kelishgan. O'zbekiston yoshlarining ikki nafar futbolchisi chetlatilgan bahsda Argentina 2:0 hisobida zafar quchgandi. O'sha turnirda argentinaliklar Urugvayni ham shu hisobda mag'lub etgan va Braziliya bilan 1:1 hisobida durang o'ynab, yakunda chempion bo'lgandi. Ravshan Haydarov shogirdlari esa Urugvay (1:3) va Braziliya (0:1)ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

“Maldonado Cup” (U-20). 2-tur.

O'zbekiston – Argentina 0:2 (0:1, 0:1)

“Domingo Burgenyo Migel” stadioni. Maldonado

Gollar: Tomas Kummer 38, Maestro Puch 86.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (asosiy tarkib):  21. Otabek Boymurodov, 4. Abubakr Ashurov, 6. Jahongir Urazov, 7. Pulatxo'ja Xoldorxonov, 8. Behruz Askarov, 10. Umarali Rahmonaliev (c), 14. Zafarmurod Abdurahmatov, 15. Zafar Hakimov, 16. Hislat Xalilov, 17. Nodir Abdurazzakov, 20. Mahmud Mahammadjonov

CHetlatishlar: Behruz Askarov, Abubakr Ashurov.

Yangi Zelandiya

Darren Bazeley shogirdlari Okeaniya mintaqasi g'olibi sifatida turnirda ishtirok etadi. Yangi Zelandiya o'tgan yili Taitida o'tkazilgan 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi mintaqa turnirining "A" guruhida Solomon Orollari, Kuk orollari va Amerika Samoasini dog'da qoldirib, guruhda peshqadam bo'lgan. SHuningdek, jamoa 3 o'yinda raqiblari darvozasiga 23 ta to'p kiritib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Umuman olganda, Bazeley qo'l ostidagi jamoa turnir davomida birorta gol o'tkazib yubormadi, ular chorak finalda Papua Yangi Gvineya (5:0), yarim finalda Taiti (2:0) va finalda Fiji (3:0) ustidan g'alaba qozonib, g'oliblikni qo'lga kiritgan. Yangi Zelandiyaning mazkur musobaqadagi eng yaxshi natijasi nimchorak final hisoblanadi.

Gvatemala 

SHimoliy Amerikadan tashrif buyuradigan jamoa CONCACAF U-20 chempionatida Gonduras bilan birgalikda uchinchi o'rinni bo'lishib olgan holda qo'shni materikda o'tkaziladigan kichik mundial ishtirokchisiga aylandi. Rafael Loredo shogirdlari saralash boschiqini ko'ngilsiz ruhda boshlab, Salvadorga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. So'ngra Panama (3:1) va Aruba (2:1)ni taslim etib, nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Gvatemalaning keyingi o'yinlari bevosita penaltilar seriyasi bilan bog'liq bo'ldi. Dastlab 1/8 finalda Kanada (1:1, pen - 4:3), so'ngra chorak finalda Meksika (1:1, pen - 2:1) mag'lub etilgan bo'lsa, yarim finalda jamoa aynan 11 metrli standartlar bellashuvida Dominikan Respublikasi (2:2, pen - 2:4)ga imkoniyat boy berib qo'ydi. SHunga qaramay, yarim final natijasi ham Loredo qo'l ostidagi terma uchun etarli bo'ldi. Gvatemalaliklarning ham eng yaxshi natijasi nimchorak final hisoblanib, 2011 yil ushbu yosh toifasida kuchli 16 terma jamoa safidan o'rin olgan.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика