U-20 jahon chempionati. Jamoalar soni qisqarmoqda

Xayrulla Xoliqov
5 iyun 2019, 10:50
2-3-4 iyun kunlari bo'lib o'tgan 1/8 final o'yinlaridan so'ng yana 8ta jamoa musobaqa bilan xayrlashdi.

Umuman olganda muxlislar tashrifi kamligini aytmaganda, Polshada bo'lib o'tayotgan U-20 jahon chempionati juda qiziq bo'lyapti. 1/8 final bosqichidan boshlab kutilmagan natijalar avj oldi. 

Nimchorak finalning birinchi kunida sensaciya qayd etilmadi. Kutilganidek Kolumbiya va Italiya yoshlar termasi g'alabaga erishib, keyingi chorak finalga yo'l oldi. Ikkinchi kun guruh bahslarini yuqori notada o'tkazgan Urugvay Ekvadorga mag'lub bo'lgan holda xayyorlashdi. Ukraina Panamani musobaqadan chiqarib yuborgan bo'lsa, afrikaliklar bahsida Senegal Nigeriyadan ustun keldi. 

Kecha har uchala bahsda sensaciya ro'y berdi. Musobaqa favoritlaridan biri Argentina o'zidan kuchsiz ko'ringan Maliga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. 2013 yil Turkiyada o'tkazilgan kichik mundial g'olibi Fransiya AQSHga mag'lub bo'ldi. Yaponiya esa Janubiy Koreya to'sig'idan o'ta olmadi. 

1/8 final natijalari: 

2 iyun. Kolumbiya - Yangi Zelandiya 1:1 (5:4)

2 iyun. Italiya - Polsha 1:0 

3 iyun. Ukraina - Panama 4:1

3 iyun. Urugvay - Ekvador 1:3

3 iyun. Senegal - Nigeriya 2:1

4 iyun. Argentina - Mali 2:2 (4:5) 

4 iyun. Fransiya - AQSH 2:3

4 iyun. Yaponiya - Janubiy Koreya 0:1



7 iyun kuni musobaqaning chorak final uchrashuvlari boshlanadi. Bu shunday jahon chempionatiki, kim g'olib chiqishining tavakkal aytish ham qiyin bo'lyapti.

1/4 final o'yinlari: 

7 iyun. Kolumbiya - Ukraina

7 iyun. Italiya - Mali

8 iyun. AQSH - Ekvador 

8 iyun. Janubiy Koreya - Senegal

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia