U-20 Arab Kubogi. Musobaqa biz uchun mag'lubiyat bilan boshlandi
22 iyu 2021 00:42
Yangiliklar
U-20 Arab Kubogi. Musobaqa biz uchun mag'lubiyat bilan boshlandi
Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston U-18 terma jamoasi dastlabki turni o'zidan ikki yosh katta Saudiya Arabistoni U-20 jamoasiga qarshi o'tkazib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuv birinchi bo'limdayoq raqib foydasiga 2:0 ko'rinish oldi. 4 va 36-daqiqada kiritilgan gollar raqibga g'alaba keltirdi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi navbatdagi turni 24 iyun kuni Tunisga qarshi o'tkazadi. Quyida guruhlar va 1-tur natijalarini keltirib o'tamiz.
"A" guruhi - Misr, Niger Respublikasi, Mavritaniya, Jazoir.
1-tur. 20 iyun
Misr - Niger 2:0
Mavritaniya - Jazoir 0:1
"B" guruhi - Marokash, Tojikiston, BAA, Djibuti.
1-tur. 20 iyun
Marokash - Tojikiston 6:1
BAA - Djibuti 8:0
"C" guruhi - Senegal, Livan, Iroq, Komor orollari.
1-tur. 21 iyun
Senegal - Livan 5:1
Iroq - Komor 3:4
"D" guruhi - Tunis, Yaman, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston.
1-tur. 21 iyun
Tunis - Yaman 2:0
Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 2:0
Fikrlar